Xalaj tili — turkiy tillardan biri. Markaziy Eronda, Tehronning janubi-garbida tarqalgan. Soʻzlashuvchilar soni 40 ming kishi atrofida (2000-yil). Shevalari 2 guruhga — shimoliy va janubiy guruhdarga boʻlinadi.
| Xalaj tili | |
|---|---|
| Mamlakatlar | Eron, Afgʻoniston |
| Rasmiylik holati | yoʻq |
| Mintaqalar | Qum, Markaziy |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 42 000 (2000-yil) |
| Tartiblovchi tashkilot | yoʻq |
| Turkumlanishi | |
| Turkum | Yevroosiyo tillari |
| Til oilasi |
|
| Alifbosi | yoʻq |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | - |
| ISO 639-2 | tut |
| ISO 639-3 | klj |
Xalaj tilida qadimgi turkiy til elementlari, xususan, birlamchi choʻziq unlilar saqlangan; soʻz oʻrtasi va oxirida boshqa turkiy tillarda z, t, j, r kelgan oʻrinlarda d qoʻllanadi. Ayrim kelishik qoʻshimchalari va feʼl shakllarida ham bir qator oʻziga xosliklar mavjud. Leksikada eng qad. turkiy qatlam hamda kelib chiqishi noaniq boʻlgan soʻzlar qatlami ajralib turadi; ozarbayjon tilidan, eroniy lahjalardan oʻzlashmalar bor. Asosan, xotin-qizlar oʻrtasida kundalik muomala tili hisoblanadi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, xalaj tili haqida ma’lumot. xalaj tili nima? xalaj tili nimani anglatadi?