Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mustafo III (Usmonli turk tilida:مصطفى ثالث|lit=Muṣṭafā-yi sālis) (28 Yanvar 1717 – 24 Dekabr 1773) – Usmonlilar imperiyasining 1757-1773-yillardagi hukmdori. A

Mustafo III

Mustafo III (Usmonli turk tilida:مصطفى ثالث|lit=Muṣṭafā-yi sālis) (28 Yanvar 1717 – 24 Dekabr 1773) – Usmonlilar imperiyasining 1757-1773-yillardagi hukmdori. Ahmadning oʻgʻli (1703–30) va Abdulhamidning (1774–1789) ukasi.

Mustafo III
مصطفى ثالث
Tughra of Mustafa III.JPG
Usmonlilar imperiyasi podshohi, xalifasi, ikki muqaddas masjid xodimi
Hukmronligining boshlanishi: 30-oktabr 1757
Hukmronligining tugashi: 24-dekabr 1773
Oʻtmishdosh: Usmon III
Voris:Abdulhamid I
Tugʻilgan sanasi: 28-yanvar 1717-yil
Tugʻilgan joyi:Istanbul, Usmonlilar imperiyasi
Vafot sanasi:24-dekabr 1773-yil(1773-12-24)
(56 yoshda)
Vafot joyi:Istanbul, Usmonlilar imperiyasi

Hayoti

Mustafo sergʻayrat va uzoqni koʻra oladigan siyosatchi edi. Usmonli imperiyasi va Yevropa kuchlari, Rossiya oʻrtasidagi tafovutni kamaytirish uchun armiya va davlat apparatini modernizatsiya qilishga harakat qildi.

Biroq uning hukmronligi davrida asr boshlarida Usmonlilar imperiyasini qamrab olgan umumiy tanazzul davom etdi va modernizatsiyaga urinishlar uni toʻxtatish uchun yetarli boʻlmadi. Oʻrnatilgan maʼmuriy tartibni oʻzgartirishga qaratilgan har qanday islohotlar yoki rejalar konservativ yanicharlar va imomlarning qattiq qarshiliklariga duch keldi. Mustafo piyoda va artilleriya islohotlarini amalga oshirish uchun Gʻarb maslahatchilarining yordamini olishga majbur boʻldi. Bundan tashqari, Sulton matematika, dengiz va fanlar akademiyasini tashkil etishni buyurdi.

Harbiy kuchsizligini yaxshi bilgan Mustafo urushdan qochadi. Rossiyaning Polshadagi kampaniyasi, fransuz diplomatiyasining sezilarli taʼsiri baribir uni Rossiyaga urush eʼlon qilishga majbur qildi va bu urushda halokatli tarzda magʻlub etildi.

Joriyalari

  • Mihrishah (1745–1805)
  • Adilshah (vaf. 1803-yil 19-dekabr)
  • Fehime (vaf. 1760/1761)
  • Aynulhayat (vaf. 1764/1765)
  • Gulnar
  • Rifat

Farzandlari

  • Selim III (1761-yil 24-dekabr – 1808-yil 28-iyun; onasi – Mihrishah Sulton)
  • Mehmed (1766-yil 13-iyul – 1767-yil 10-yanvar yoki 1767-yil 10-yanvar – 1771-yil 20-may)

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, mustafo iii haqida ma’lumot. mustafo iii nima? mustafo iii nimani anglatadi?

Yuqori