Surxondaryo okrugi — Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930 va 1935—1941-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik.
|
| ||
| okrug | ||
|---|---|---|
| Tegishli | Oʻzbekiston SSR | |
| Maʼmuriy markazi | Termiz | |
| Asos solingan sanasi | 1926-yil 1935-yil 17-aprel | |
| Bekor qilingan sanasi | 1930-yil 30-iyul 1941-yil 6-mart | |
| Aholi | 202,2 ming kishi (1926) 315,2 ming kishi (1939) | |
| Maydoni | 20,2 ming km² | |
| Xaritada | ||
Tarixi
1926—1930-yillarda okrug
Surxondaryo okrugi 1926-yilda tashkil topgan. Markazi Sherobod shahri, soʻngra Termiz shahri boʻlgan.
1929-yil maʼlumotiga koʻra, okrug 6 tumandan iborat boʻlgan: Boysun, Denov, Jarqoʻrgʻon, Patta Hisor, Sariosiyo, Sherobod.
1930-yil 30-iyul okrug SSSRning boshqa okruglari kabi tugatildi. Okrug tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtkazildi.
Aholisi
1926-yilda okrug aholisi 202,2 ming kishi boʻlgan boʻlib, shundan o‘zbeklar 72,0%, tojiklar 19,0%, ruslar 3,5%, turkmanlar 2,7% ni tashkil etgan.
1935—1941-yillarda okrug
Surxondaryo okrugi Oʻzbekiston SSRning chekka tumanlarni boshqarishda oson boʻlishi 1935-yil 17-aprelda qayta tashkil etiladi. Okrug tarkibiga Termiz, Jarqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo, Sherobod va Boysun tumanlari, yana 1938-yilda Buxoro viloyati kiritilgan.
1941-yil 6-martda okrug maqomi viloyatga oʻzgartirildi.
Aholisi
1939-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotiga koʻra, okrugda 315,2 ming kishi yashagan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, surxondaryo okrugi haqida ma’lumot. surxondaryo okrugi nima? surxondaryo okrugi nimani anglatadi?
