Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Suryoniy yozuvi — finikiyoromiy konsonant yozuvining bir turi. Finikiy yozuvidagidek tartibga ega boʻlgan 22 belgidan iborat; harflari qoʻshilib, oʻngdan chapga

Suryoniy yozuvi

Suryoniy yozuvifinikiyoromiy konsonant yozuvining bir turi. Finikiy yozuvidagidek tartibga ega boʻlgan 22 belgidan iborat; harflari qoʻshilib, oʻngdan chapga qarab yoziladi. Bu yozuv 1-asrdan adabiy oromiy lahjalaridan hisoblangan suryoniy tili (dastlab Yuqori Mesopotamiyadagi Edessa sh. lahjasi) uchun qoʻllana boshlagan. Suryoniy yozuvining asosiy koʻrinishlari estrangelo (yun. "yumaloq yozuv, xat"); 430y. oʻrtalarida Suriya cherkovining 2 ga ajralishi natijasida paydo boʻlgan gʻarbiy suryoniy (yaʼqubiy yoki serto) vasharqiy suryoniy (nestorian) yozuvlaridir. Nasturiy yozuvi nasroniy missionerlar tufayli Oʻrta Osiyo va Xitoyga qadar tarqalgan. Suryoniy yozuvi faqat undosh tovushlarni ifodalagan; 7—8-asrlardan unlilarni ifodalovchi satrusti va satrosti diakritik belgilar qoʻllangan. Bu belgilar turlicha joylashgan nuqtalar yoki kichkina yunoncha harflar koʻrinishida boʻlgan; tinish belgilar ham qoʻllangan. 1840-yilda Suryoniy yozuvining nasturiy turi asosida yangi yozuv turi yaratilib, u Eron va Iroqda, shuningdek, Turkiyada yashovchi ossuriylart qoʻllana boshlagan.

Suryoniy yozuvi


vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, suryoniy yozuvi haqida ma’lumot. suryoniy yozuvi nima? suryoniy yozuvi nimani anglatadi?

Yuqori