Qarshi-Xonobod harbiy aviabazasi (qisqacha K2) — Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani Xonobod qishlogʻida joylashgan aerodrom. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli aviabaza.
| Qarshi-Xonobod aerodromi Қарши–Хонобод аэродроми | |||
|---|---|---|---|
| |||
| IATA kodi: none – ICAO kodi: UTSL | |||
| Qisqacha bayon | |||
| Aeroport turi | Harbiy | ||
| Egasi | Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari | ||
| Joylashuvi | Qarshi, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston | ||
| Dengiz sathidan balandligi | 1,365 ft / 416 m | ||
| Koordinatalari | 38°50′01″N 065°55′17″E / 38.83361°N 65.92139°E | ||
| Xarita | |||
| | |||
| Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
| Uzunligi | Yuzasi | ||
| m | ft | ||
| 07/25 | 2,498 | 8,195 | Beton |
| Manba: DAFIF | |||
Tarixi
1954-yildan 1981-yilgacha bazada Sovet havo mudofaa kuchlarining 735-qiruvchi aviatsiya polki joylashgan edi. Qarshi-Xonobod aerodromida MiG-15 (1950-yil iyuldan — 1955-yilgacha), MiG-17 (1955—1969), keyin esa Sukhoi Su-9 (Fishpot) (1961—1978) samolyotlari boʻlgan. Sovet havo mudofaa kuchlari 1978-yilda Su-9 ni MiG-23M (Flogger-B) samalyoti bilan almashtirdi.
Qarshi-Xonobod aerodromi 1981-yilda 735-qiruvchi-bombardimonchi aviatsiya polki, 1984-yilda esa 735-bombardimonchi aviatsiya polki deb nomlandi. 1984-yilgacha polkda MiG-23M, 1984-yildan 1992-yilgacha Su-24 samalyotlari mavjud boʻlgan. Polk 1980-yil aprelidan 1988-yil mayigacha Turkiston harbiy okrugi Sovet Harbiy havo kuchlari, soʻngra 49-havo armiyasi va 73-havo armiyasi qoʻl ostida boʻlgan.
1992-yil 30-iyunda Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng bazani nazorat qilish Oʻzbekistonga oʻtdi. 1992-yildan boshlab aerodrom katta oʻzgarishlar kiritildi.
Aerodrom imkoniyatlari
Aeroport dengiz sathidan 416 metr balandlikda joylashgan. Aeroportda 07/25 deb belgilangan bitta uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud boʻlib, yuzasi beton (2,498 metr x 40 metr).
Ifloslanishi
2001-yil noyabr oyida AQSh armiyasining sogʻliqni saqlash va profilaktika tibbiyoti markazi va Yevropa atrof-muhitni oʻrganish markazi aerodromda tadqiqot oʻtkazdi va keng tarqalgan reaktiv yoqilg'i quyqalarini topdi. Reaktiv yoqilg'i odatda yer ostida 1-3 metr balandlikda boʻladi. Tahmin qilinishicha Sovet davridagi yer osti yoqilgʻisi sizib ketgan.
2015-yilgi armiya tadqiqotiga koʻra, maxsus operatsiyalar kuchlarini hisobga olmaganda K2 faxriylaridan 61 nafari saraton kasalligiga chalingan yoki kasallikdan vafot etgan.
Amerika Qo'shma Shtatlari Veteranlar ishlari departamenti va AQSh armiyasining sog'liqni saqlash markazi bazadagi ifloslanish saraton kasalligining koʻpayishini va sogʻliq uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarganini rad etdi.
2020-yil 18-noyabr kuni AQSh Vakillar palatasining Nazorat va islohotlar qoʻmitasida „Qarshi-Xonobod: Ozodlik lageri qahramonlarini ulugʻlash“ mavzusida maruza boʻlib oʻtdi. Bazadagi sogʻliq uchun sogʻliq uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqargan kasalliklar haqida maʼlumot varaqasi chiqarildi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, qarshi-xonobod aerodromi haqida ma’lumot. qarshi-xonobod aerodromi nima? qarshi-xonobod aerodromi nimani anglatadi?

