Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki – Oʻzbekiston hududida tashkil etilgan birinchi bank boʻlib, 1,5 asrlik tarixga ega. Uning Toshkentdagi birlamchi jamgʻarma kass

Xalq banki

Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki – Oʻzbekistonning birinchi banki.

Xalq banki
Asosiy maʼlumotlar
Turi Aksiyadorlik jamiyati
Shiori Doimo yoningizdagi bank
Litsenziyasi №25 25-yanvar 2003-yil
Faoliyati Barcha turdagi bank xizmatlari
Avvalgi nomi Oʻzjamgʻarmabank
Boyligi
Aktivlari 2,7 trln. soʻm (2013)
2,1 trln. soʻm (2012)
Sof foydasi 45,753 mlrd. soʻm (2014)
40,434 mlrd. Soʻm (2013)
Shoʻba tashkilotlari „Xalq sugʻurta“,
„Xalq invest“ MChJ
Auditor "Grant Tronton"
Sayti www.xb.uz
Xalq banki Vikiomborda

Bank haqida

Aksiyadorlik tijorat Xalq banki – Oʻzbekiston hududida tashkil etilgan birinchi bank boʻlib, 1,5 asrlik tarixga ega. Uning Toshkentdagi birlamchi jamgʻarma kassalari 1875-yil 10-mayda oʻz faoliyatini boshlagan.

Bank yil davomida jami Oʻzbekiston aholisining 30%ga, kichik va oʻrta biznes vakillarining 20% ga yaqiniga xizmat koʻrsatadi.

Bank tarixi

1869-yilda Turkistonning birinchi general-gubernatori Konstantin Petrovich Kaufman Rossiya imperiyasi Davlat banki (Gosbank)ning Toshkentdagi filialini ochish boʻyicha Moliya vazirligining maxsus komissiyasiga taklif kiritadi.

1871-yil 23-avgustda Rossiya imperiyasi Moliya vazirligining maxsus komissiyasi rahbari Konstantin Karlovich Grot Gʻaznachilik palatasiga Turkiston general-gubernatorining taklifi yuzasidan oʻz xulosasini taqdim etadi.

1874-yil 12-noyabrda Rossiya imperiyasi Moliya vaziri Mixail Xristoforovich Reytern Sirdaryo okrugi gubernatorligining markazida Rossiya imperiyasi Davlat bankining Toshkent filialini ochish toʻgʻrisida ruxsatnoma taqdim etadi.

1874-yil 12-dekabrda Turkistonning birinchi general-gubernatori Konstantin Petrovich Kaufman Rossiya imperiyasi Davlat bankining Toshkentdagi filialini ochish toʻgʻrisidagi qarorni imzolaydi.

1875-yil 13-mart sanasida Rossiya imperiyasi Davlat bankining boshqaruvchisi Sirdaryo okrugi general-gubernatoriga bankning Toshkentdagi filialini tashkil etish uchun bino ajratishni soʻrab, murojaat yoʻllaydi.

1875-yil 8-mayda Davlat bankining Toshkentdagi filiali rahbari 10-mayni filialning rasman ochilish kuni ekanligini maʼlum qilib Sirdaryo okrugi general-gubernatoriga maktub joʻnatadi.

1875-yil 10-may sanasida Davlat bankining Toshkent filiali (birlamchi jamgʻarma kassalari) rasman ochildi hamda aholiga 8 turdagi bank xizmatlarini koʻrsata boshladi. Filial uzoq vaqt davomida (XIX asrning 90 yillarigacha) Turkiston oʻlkasida mustamlaka maʼmuriyatining budjet mablagʻlarini nazorat qilib turuvchi va savdoni rivojlantirish uchun kreditlar beruvchi yagona bank hisoblangan.

Davlat bankining Toshkent filiali faoliyatini 2 davrga boʻlish mumkin:

1) XIX asrning 1875-90-yillari 2) XX asr boshlari 1917-yillar.

Davlat bankining Toshkent filiali faoliyatining birinchi davrida asosan yirik savdolarni mablagʻ bilan taʼminlagan va mahalliy moliyani boshqarib, Turkiston mustamlaka maʼmuriyati uchun gʻazna vazifasini bajargan.

Faoliyatining ikkinchi davrida filial asosan yirik savdo operatsiyalarini kreditlashdan qisman voz kechib, kichik kredit operatsiyalarini rivojlantirishga harakat qildi. Lekin nafaqat viloyat hokimligi, balki Markaziy Osiyoda faoliyat yurituvchi tijorat banklari uchun ham gʻaznachi rolini saqlab qolgan.

1896-yilda Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoʻqon, Margʻilon va boshqa yirik shaharlarda bank filiallari ochildi.

1925-yilda Butuntarmoq jamgʻarma kassalari ittifoq Davlat mehnat jamgʻarma bankiga aylantirildi.

1993-yil 27-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 430-sonli qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi mehnat jamgʻarmalari va aholiga kredit berish davlat-tijorat banki („Oʻzjamgʻarmabank“)ning Ustavi tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifa va funksiyalari belgilandi.

1995-yil 4-oktabrda Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining „Oʻzjamgʻarmabank“ni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.

1995-yil 10-oktabrda Vazirlar Mahkamasining 386-son qaroriga asosan „Oʻzjamgʻarmabank“ Oʻzbekiston Respublikasi Xalq bankiga aylantirildi.

2004-yil 2-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining OʻRQ-702-II sonli Qaroriga asosan fuqarolarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga olish Xalq banki tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

2015-yil 24-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish

chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi „Aksiyadorlik tijorat Xalq banki“ nomiga oʻzgartirildi.

2017-yil 13-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2826-sonli Qarori bilan pensiyalar va nafaqalarni toʻlash Xalq banki tomonidan amalga oshirilishi belgilandi

Bankning bosh maqsadi

Oʻzbekiston xalqi va tadbirkorlarini moliyaviy maqsadlariga erishishida qoʻllab-quvvatlovchi yetakchi bank boʻlish.

Bank aksiyadorlari

– Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi – 25.58%

– Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi – 74.42%

Xalq bankida

Bank tarmoqlari – 270 ta

Bank kassalari – 477 ta

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari – 226 ta

24/7 – rejimida ishlaydigan „Elektron ofislar“ – 551 ta

Sayyor kassalar – 799 ta

Yagona kassa markazlari – 10 ta

Bankomatlar – 3 111 ta faoliyat yuritmoqda

Bankning bosh ofisi – Toshkent shahrida joylashgan

Reyting agentliklarining baholashi

2019-yil

Xalq banki tarixida ilk marotaba „Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari“ning 9-standarti amaliyotga tatbiq etildi hamda "ISO 9001:2015" xalqaro muvofiqlik sertifikati olindi.

2020-yil

"Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" – „Barqaror“, "S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" reytingiga ega boʻldi. Xalq banki 6-maydan 7-maygacha "CERT International" (Slovakiya) xalqaro sertifikatlashtirish tashkiloti vakillari tomonidan ISO 9001:2015 Xalqaro standarti talablariga muvofiq 2-nazorat auditidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Xalq bankining 2-nazorat auditi natijalari: yuqori rahbariyatning OAVni saqlash va takomillashtirishga qiziqishi va majburiyati; xodimlarning yuqori malakasi va xalqaro mutaxassislarni jalb qilish; koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini doimiy ravishda takomillashtirishga intilish. Ikkinchi nazorat auditining asosiy natijasi atrof-muhitdagi oʻzgarishlarga tezkorlik bilan javob berishga, kelajakdagi oʻzgarishlarni kutishga va menejment tizimini unifikatsiya qilish orqali oʻz biznesingizni muntazam ravishda rivojlantirishga imkon beradigan samarali sifat menejmenti tizimini qoʻllab-quvvatlash, filiallar tarmogʻining oʻzaro aloqasi va yuqori sifatli xizmat koʻrsatish, shuningdek, Xalq bankida mijozlar ehtiyojini qondirish hisoblanadi.

Shuningdek, milliy shkala boʻyicha "Ahbor-Reyting" reyting agentligi tomonidan "UzA" – „Barqaror“, "Standart And Sensetive Ratings" reyting agentligi tomonidan "UzA+" – „Barqaror“ reytingi tasdiqlandi. Ushbu reyting Xalq banki tomonidan kapitallashuv darajasini oshirish, resurslar bazasini mustahkamlash, aktivlar sifatini yaxshilash, koʻrsatilayotgan bank xizmatlari koʻlamini kengaytirish borasida amalga oshirilgan ijobiy ishlarni aks ettiradi.

2021-yil

"SNS Ratings" (Standart and sensitive ratings) agentligi tomonidan milliy shkala boʻyicha "uzA+" – „Barqaror“;

"Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligining „BB-/B“ – „Barqaror“;

"S&P Global Ratings" xalqaro reyting agentligining „B+/B“ – Barqaror reytingiga ega boʻldi.

2022-yil

Xalq banki reytingi "Fitch Ratings" xalqaro reyting agentligining "BB-/B" -"Barqaror" reytingiga hamda "Standard and Poors" xalqaro reyting agentligining "B+/B" reytingiga ega boʻldi.

Bank Boshqaruvi aʼzolari tarkibi

Boshqaruv Raisi – Atabayev Shuhrat Xaldarovich

Boshqaruv Raisining birinchi oʻrinbosari – Azimov Zafar Abdumajidovich

Boshqaruv Raisi oʻrinbosari – Ruziyev Farrux Aralovich

Boshqaruv Raisi oʻrinbosari – Kutliyev Dilshod Orifovich

Boshqaruv Raisi oʻrinbosari – Rashidova Gulzoda Ataxanovna

Yuridik department direktori – Tashmatov Nuriddin Zubaydullayevich

Bank tasarrufidagi tashkilotlar

Xalq banki 2011-yilda roʻyxatdan oʻtgan „Xalq Sugʻurta“ aksiyadorlik sugʻurta kompaniyasining yagona aksiyadori hisoblanadi. Sugʻurta kompaniyasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mulkiy hamda shaxsiy manfaatlarini sugʻurta qilishni taʼminlash, mikrosugʻurtalash mahsulotlarini ishlab chiqish va aholining keng qatlamlarini faol rivojlantirish uchun tuzilgan.

Rasmiy ilovasi

Bankning rasmiy ilovasi – „xazna“ Android va IOS operatsion tizimlari uchun ishlab chiqarilgan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, xalq banki haqida ma’lumot. xalq banki nima? xalq banki nimani anglatadi?

Yuqori