Ushbu sahifani Shehsuvar Sulton bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Şehsuvar Sultan ( 1682-yil — 1756-yil 27-aprel) Usmonli sultoni Mustafo IIning turmush oʻrtogʻi.
Hayoti
Şehsuvar Sulton 1682-yilda tug‘ilgan. Sulton Mustafoning kanizagiga aylanganidan keyin 1699-yil 2-yanvarda Edirne saroyida Usmon ismli oʻgʻlini dunyoga keltirdi(Usmon III).
Edirna voqeasida Mustafo taxtdan agʻdarilgandan keyin uning ukasi Ahmad III yangi sulton etib tayinlangan (1703-1730 yillar). Shahsuvar Istanbuldagi Eski Saroyga yuborilgan.
Mustafoning birinchi oʻgʻli va Usmonning toʻngʻich ukasi Sulton Mahmud I Patrona Halil uyushtirgan gʻalayondan soʻng sulton boʻlgan.Keyin Mahmudning oʻrniga oʻgay ukasi Usmon taxtga oʻtirgan, shuning uchun Şehsuvar yangi Valide sulton boʻlgan. Valide sultonlar odatda aravalarda Topkapi saroyiga olib kelingan. Biroq Şehsuvarni saroyga taxtiravonda olib kelishgan.
Oʻlim
Şehsuvar Sulton 1756-yil 27-aprelda Topkapi saroyida vafot etgan va Istanbulda joylashgan alohida maqbaraga dafn qilingan.
Adabiyotlar
- Sakaoğlu, Necdet. Bu mülkün kadın sultanları: Vâlide sultanlar, hâtunlar, hasekiler, kadınefendiler, sultanefendiler. Oğlak Yayıncılık, 2008. ISBN 978-9-753-29623-6.
- Uluçay, Mustafa Çağatay. Padişahların kadınları ve kızları. Ankara, Ötüken, 2011.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, shahsuvar sulton haqida ma’lumot. shahsuvar sulton nima? shahsuvar sulton nimani anglatadi?