Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mustafo II (Turk.: مصطفى ثانى Muṣṭafā-yi sānī) (6 Fevral 1664 – 29/30 Dekabr 1703) – Usmonlilar imperiyasining 1695-1703-yillardagi hukmdori.

Mustafo II

Mustafo II (Turk.: مصطفى ثانى Muṣṭafā-yi sānī) (6 Fevral 1664 – 29/30 Dekabr 1703) – Usmonlilar imperiyasining 1695-1703-yillardagi hukmdori.

Mustafo II
مصطفى ثانى
Tughra of Mustafa II.JPG
Usmonlilar imperiyasi podshohi, xalifasi, ikki muqaddas masjid xodimi
Hukmronligining boshlanishi: 6-fevral 1695
Hukmronligining tugashi: 22-avgust 1703
Oʻtmishdosh: Ahmad II
Voris:Ahmad III
Tugʻilgan sanasi: 6-fevral 1664-yil
Tugʻilgan joyi:Edirne, Usmonlilar imperiyasi
Vafot sanasi:30-dekabr 1703-yil(1703-12-30)
(39 yoshda)
Vafot joyi:Istanbul, Usmonlilar imperiyasi

Biografiyasi

Sulton Mehmed IV va Emetullah Rabia Gulnush Sultonning oʻgʻli. Taxtga oʻtirgunga qadar u Topkapi qafasida saqlanmagan, balki Edirnada yashagan va erkinlikda boʻlgan.

Hukmronligining dastlabki yillarida Turklar uchun Muqaddas Liga bilan urushning muvaffaqiyatsiz yoʻnalishini oʻzgartirishga harakat qildi. 1696-yilda u Bolqondagi armiyaga shaxsan rahbarlik qildi va avstriyaliklarga nisbatan katta ustunligi tufayli muvaffaqiyatlarga erishdi. 1697-yilda, Bosh vazir Elmas Mehmed Paşa[tr] qoʻmondonligi ostidagi turk qoʻshini Zentada imperator Yevgeniy qoʻshinlari tomonidan magʻlubiyatga uchratildi. 1696-yilda rus qoʻshinlari Azovni egallab olishdi.

1699-yilda Karlovits shartnomasi imzolandi, unga koʻra Morea va Dalmatiya Venetsiyaga oʻtdi, Avstriya Vengriya va Transilvaniyani, Polsha Podoliyani qabul qildi. 1700-yildagi Konstantinopol shartnomasiga koʻra, Azov Rossiyaga berildi.

Urush tugagandan soʻng Mustafo asosan Edirnada yashab, u yerda ov qildi. 1703-yil avgustda Konstantinopolda unga qarshi qoʻzgʻolon boshlandi va yanicharlarning bir qismi qoʻzgʻolonchilarga qoʻshildi. Qoʻzgʻolonchilar Edirnega qarshi yurish uyushtirdilar. Hukumat qoʻshinlari ular tomoniga oʻtdi, shundan soʻng Mustafo ukasi Ahmad III foydasiga taxtdan voz kechdi. 4 oydan keyin sobiq Sulton vafot etdi.

Oilasi

  • Alijenab Kadin-efendi.
  • Soliha Sebkati Sulton.
  • Hafise Kadın efendi.
  • Shexsuvar Sulton.
  • Afife Kadin-efendi.
  • Humashah Kadin-efendi.
  • Hatice Kadın-efendi.
  • Hanife Kadin.
  • Fatma Shahin Kadin.
  • Hofiten Kadin.
  • Anna Sofiya.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, mustafo ii haqida ma’lumot. mustafo ii nima? mustafo ii nimani anglatadi?

Yuqori