Rostov-Don (ruscha: Ростов-на-Дону) — Rossiyadagi shahar, Rostov viloyati markazi. Yirik temir yoʻl, shosse va havo yoʻllari tuguni. Daryo porti. Don daryosi boʻyida, uning Azov dengiziga quyilish joyidan 46 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 1 115 000 kishi (2015). 7 tumanga boʻlingan.
Rostov-Don Ростов-на-Дону | |
|---|---|
| shahar | |
![]() | |
![]() Bayroq ![]() Gerb | |
| 47°14′0″N 39°42′0″E / 47.23333°N 39.70000°E | |
| Mamlakat | Rossiya |
| Federal subyekt | Rostov viloyati |
| Hukumat | |
| • Hokim | Mixail Chernishov |
| Asos solingan | 1749 |
| Qachondan beri shahar | 1807 |
| Maydon | 354 km2 (137 kv mi) |
| Markazi balandligi | 50 m |
| Aholisi (2015) | 1 115 000 |
| Zichligi | 3118 kishi/km2 |
| Milliy tarkib |
|
| Vaqt mintaqasi | UTC+4 |
| Telefon kodi | 863 |
| Pochta indeks(lar)i | 344000—344999 |
| Avtomobil kodi | 61, 161 |
| OKATO kodi | 60401 |
| | |

Rostov-Don — yirik sanoat markazi. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi („Rostselmash“ ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar), dastgohsozlik, aviasozlik, elektrotexnika, radioelektron, kimyo, yengil (koʻn-poyabzal, trikotaj birlashmasi, tikuvchilik fabrikalari), oziq-ovqat (tamaki, qandolat fabrikalari, goʻsht mahsulotlari, vino zavodlari), yogʻochsozlik sanoatlari mavjud.
Shaharda 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), konservatoriya, 4 teatr faoliyat koʻrsatadi. Oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat muzeylari bor. Rostov-Donga 1749-yilda Temernitskaya bojxonasi va porti sifatida asos solingan. 1761-yilda mitropolit Dmitriy Rostovskiy sharafiga „Rostovskaya“ deb nomlangan qalʼaning qurilishi boshlangan. 1806-yildan Rostov-Don nomini olgan. 20-asr boshlarida Rostov-Don hududiga Naxichevan-Don shahri (1778-yilda asos solingan) ham kiritilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida shaharni 2 marta nemis fashistlari egallagan. 1943-yilda ozod qilingan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, rostov-don haqida ma’lumot. rostov-don nima? rostov-don nimani anglatadi?




