Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Belaruslar — xalq, Belarus respublikasining asosiy aholisi (7,9 mln. kishidan ortiq, 1992). Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi (1206 ming kishi), Ukraina (440 mi

Beloruslar

Belaruslar — xalq, Belarus respublikasining asosiy aholisi (7,9 mln. kishidan ortiq, 1992). Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi (1206 ming kishi), Ukraina (440 ming kishi). Qozogʻiston (183 ming kishi), Latviya (120 ming kishi), Litva (63 ming kishi), Oʻzbekiston (63 ming kishi), Estoniya (27,7 ming kishi)da ham yashaydi. Polshada 300 ming kishiga yaqin. Belarus tilida soʻzlashadi. Dinga eʼtiqod qiluvchilari — asosan pravoslavlar, qisman katoliklar ham bor.

Belaruslar
(беларусы/biełarusy)
Umumiy aholi soni

11 million

Katta aholiga ega mintaqalar
 Belarus: 8,159,073
 Rossiya 521,443
AQSH bayrogʻi AQSh 600.000
 Ukraina 275,763
 Isroil 130.000
 Qozogʻiston 66,476
 Latviya 68,174
 Kanada 50,000 — 70,000
 Braziliya 45,000 — 80,000
 Polsha 50,000 — 70,000
 Litva 41,100
 Moldova 20,000
 Avstraliya 20,000
 Estoniya 17,241
 Argentina 7,000
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 7,000
 Belgiya 2,000
 Gretsiya 1,168
 Portugaliya 1,002
Tillar
Belaruscha, Ruscha
Dinlar
Xristian dini
Qarindosh etnik guruhlar
slavyan xalqlar
A.
Belarus xalqining piramidasi.

Alifbosi kirillitsaga asoslangan.

I. E. Repin Belarus,1892
Belaruslarning xatasi — uyi, Strochisidagi ochiq osmon tagidagi koʻrgazma

Masihiylik diniga mansub, ichinora katoliklar ham bor. Belaruslar sharqiy slavyan xalqlariga mansub.

Tarixi

Belarus xalqining etnik asosini sharqiy slavyan qabilalari: dregobichlar, krivichlar, radimichlar, drevlyanlar, severyanlar, volinyanlar tashkil qilganlar. 9 — 11 asrlarda shu qabilalar Kiev Rusining tarkibi boʻldi. U parchlanib, knyazlik tarqqgandan keyin (13 — 14 asrlar) Buyuk Litva knyazligining, 1569-yildan Rech Pospolitayaning tarkibiga kirdi. 18-asrda Rossiyaga qoʻshildi. Shu asrdan boshlab belaruslarning madaniyati va turmush kechirishi koʻp oʻzgarishlarga uchradi. Hozirgi kunda belaruslar madaniyatining milliy etnografiyalik qadiriyatlari (milliy kiyimi, taom turlari, oilaviy dasturi) faqat chet joylarida saqlanib qolgan.

Milliy kasb-hunari

Milliy kasb-hunarlari — dehqonchilik (arpa, bugʻdoy, sholi, kartoshka, zigʻir yetishtirishadi) va mol chorvachiligi (sigir, choʻchqa va uy parrandalarini boqishadi) yaxshi yoʻlga qoʻyilgan. Kulolchilik bilan, ustalik kasibi bilan, kiyim, oyoq kiyim tikish, turli buyumlarni toʻqish bilan shugʻullanadi.

Kiyimlari

Milliy kiyimlari erkaklari tizzasigacha etik, shim kiyadi, bellarini junli ipdan oʻrilib, uchlarini belbogʻ bilan boylaydi. Sirtki koʻrinishiga gullik matodan tikilgan nimcha, boshlariga qalpoq, qishda „magerka“, „kuchma“, „ablavuxa“ nomli qalpoqlar kiyishadi. Ayollari oldi koʻrinishi naqsh bilan oʻrnaklangan koʻylak, „andaran“ nomli nimcha kiyishadi. Rang-barang belbogʻlardi bogʻlaydi. Sochlarini oʻrmaklaydi. Erkaklar ham, ayollar ham qishda chapon, toʻn kiyishadi.

Taomlari

Milliy taomlari — kartochka va undan tayyorlangan taomlar (jur, zatirka, buraki, kletski). Goʻshtni bayram arafalarida isteʼmol qilishadi (machanku, studen, vereshaku). Asosiy milliy ichimliklari: kvas, qayin sharbati. Milliy uylari koʻpincha daraxtdan ishlanadi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, beloruslar haqida ma’lumot. beloruslar nima? beloruslar nimani anglatadi?

Yuqori