Ronaldo de Assis Moreira (1980-yil 21-martda tugʻilgan) – Ronaldinho Gaucho yoki Ronaldinho nomi bilan mashhur boʻlgan, braziliyalik sobiq professional futbolchi. Faoliyati davomida hujumkor yarim himoyachi yoki chap qanot hujumchisi sifatida oʻynagan. U barcha davrlarning eng buyuk futbolchilaridan biri sifatida eʼtirof etilgan boʻlib, FIFA tomonidan ikki marta „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ va bir marta „Oltin toʻp“ mukofotlarini qoʻlga kiritgan. Ronaldinho jahon chempionati, Amerika kubogi, Konfederatsiyalar kubogi, Chempionlar ligasi, Libertadores kubogi va „Oltin toʻp“ni yutgan yagona futbolchidir. Sportning global ramzi boʻlgan Ronaldinho oʻzining ajoyib dribling mahorati, aniq jarima zarbalari, fintlari, jamoadoshlariga qaramsdan bergan uzatmalari va bosh ustidan urgan zarbalari, shuningdek, gol urish va gollar yaratish qobiliyati bilan mashhur edi. Faoliyati davomida u dunyodagi eng qimmatbaho futbolchilardan biri boʻlgan. Ronaldinho shuningdek, „O Bruxo“ („Sehrgar“) laqabi bilan ham tanilgan.
![]() Ronaldinho (2019-yil) | ||||||||||||||
| Shaxsiy maʼlumot | ||||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Ronaldo de Assis Moreira | |||||||||||||
| Tavallud sanasi | 21-mart 1980-yil | |||||||||||||
| Tavallud joyi | Porto Alegri, Braziliya | |||||||||||||
| Boʻyi | 1.82 m | |||||||||||||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | |||||||||||||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | ||||||||||||||
| 1987—1998 | Grêmio | |||||||||||||
| Professional faoliyati* | ||||||||||||||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) | |||||||||||
| 1998—2001 | Grêmio | 89 | (47) | |||||||||||
| 2001—2003 | Paris Saint-Germain | 55 | (17) | |||||||||||
| 2003—2008 | Barcelona | 145 | (70) | |||||||||||
| 2008—2011 | AC Milan | 76 | (20) | |||||||||||
| 2011—2012 | Flamengo | 56 | (23) | |||||||||||
| 2012—2014 | Atlético Mineiro | 58 | (20) | |||||||||||
| 2014—2015 | Querétaro | 25 | (8) | |||||||||||
| 2015 | Fluminense | 7 | (0) | |||||||||||
| Total | 511 | (205) | ||||||||||||
| Milliy terma jamoa | ||||||||||||||
| 1997 | Braziliya U17 | 13 | (3) | |||||||||||
| 1998—1999 | Braziliya U20 | 17 | (8) | |||||||||||
| 1999—2000 | Braziliya U23 | 19 | (15) | |||||||||||
| 2008 | Braziliya olimpiya (O. F.) | 8 | (3) | |||||||||||
| 1999—2013 | Braziliya | 97 | (33) | |||||||||||
| ||||||||||||||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | ||||||||||||||
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ronaldinho haqida ma’lumot. ronaldinho nima? ronaldinho nimani anglatadi?


