Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Mariano Rajoy Brey (talaffuzi: Mariano Raxoy Brey; 27-mart 1955, Santyago-de-Kompostela) – Ispaniya xalq partiyasi rahbari. 2011-yildan 2018-yilgacha – hukumat

Mariano Rajoy

Mariano Rajoy Brey (talaffuzi: Mariano Raxoy Brey; 27-mart 1955, Santyago-de-Kompostela) – Ispaniya xalq partiyasi rahbari. 2011-yildan 2018-yilgacha – hukumat raisi.

Mariano Rajoy
 Ispaniya Bosh vaziri
Mansab davri
2011-yil 21-dekabrdan – 2018-yil 1-iyungacha
Monarx Juan Carlos I
Felipe VI
Oʻtmishdoshi José Luis Rodríguez Zapatero
Vorisi Pedro Sánchez
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 27-mart 1955-yil (1955-03-27) (70 yosh)
Santyago de Kompostela
Mukofotlari
Serbiya Respublikasi lentali ordeni

2011-yil 20-noyabrda boʻlib oʻtgan umumxalq parlament saylovlarida uning rahbarligidagi Ispaniya xalq partiyasi gʻalaba qozonib, quyi palatadagi 350 oʻrindan 186 tasini qoʻlga kiritdi. Ispaniya tarixida ikki monarx: 2011-2014-yillarda Juan Carlos I va 2014-2018-yillarda Filipp VI davrida ishlagan yagona bosh vazir boʻlgan.

Biografiyasi

Santyago-de-Kompostela universitetining yuridik fakultetini bitirgan va uy-joy qaydchisi vazifasida ishlagan. 1981-yilda Xalq partiyasiga (Alianza Popular) qabul qilngan.

1982-yilda Galisiya hukumati parlament bilan aloqalar qoʻmitasi raisi.

1983-yilda Pontevedera qonunchilik kengashi aʼzosi etib saylandi.

1986-yilda Pontevedera qonunchilik kengashi raisi (1991-yilgacha).

1986-yilda Pontevedera hukumati raisi etib saylandi.

1993-yilda Ispaniya bosh korteslari aʼzoligiga saylandi.

1996-yilda Ispaniya jamoat ishlari vaziri.

1999-yilda Ispaniya madaniyat va taʼlim vaziri.

2000-yilda hukumat raisining birinchi oʻrinbosari.

2001-yilda ichki ishlar vaziri.

2002-yilda hukumat apparati rahbari.

2003-yilda Ispaniya xalq partiyasi rahbari etib saylandi.

16-aprel 2004-yildan 21-dekabr 2011-yilgacha muxolifat rahbari.

2011-yildan 2018-yilgacha hukumat raisi.

Mukofotlari

Mamlakat Sana Mukofot Turi
  Ispaniya 2011-yil 21-dekabr Karlos III ordeni Buyuk kansleri
  Meksika 2012-yil 18-aprel Atstek burguti ordenining maxsus toifasi Buyuk ritsari
  Ispaniya 2003-yil 12-sentyabr Buyuk Karlos III ordeni ritsari
  Serbiya 2013-yil Serbiya Respublikasi ordeni lentasi ritsari
  Peru 2013-yil Quyosh ordeni ritsarining Katta xochi
  Ispaniya 2018-yil 3-avgust Katolik Izabella ordeni zanjiri ritsari
  Portugaliya 2018-yil 15-aprel Xristian ordeni ritsarining Buyuk xochi GCC
  Chili Buyuk xizmatlari uchun ordeni ritsarining Buyuk xochi

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, mariano rajoy haqida ma’lumot. mariano rajoy nima? mariano rajoy nimani anglatadi?

Yuqori