Safoyev Sodiq Solihovich (1954-yil 3-fevral, Toshkent) — Oʻzbekistonning 1993-yilda va 2003-2005-yillardagi Tashqi ishlar vaziri.
| Safoyev Sodiq Solihovich | |
|---|---|
Сафоев Содиқ Солиҳович | |
![]() | |
| Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi raisi | |
| Mansab davri 2005-yildan – 2015-yilgacha | |
| Oʻtmishdoshi | lavozim ta'sis etilgan |
| Vorisi | Alisher Kurmanov |
| Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri | |
| Mansab davri 2003-yildan – 2005-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Abdulaziz Komilov |
| Vorisi | Elyor Gʻaniyev |
| Mansab davri 1993-yilda | |
| Oʻtmishdoshi | Ubaydulla Abdurazzoqov |
| Vorisi | Saidmuxtor Saidqosimov |
| Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining davlat maslahatchisi | |
| Mansab davri 1996-yilda | |
| Oʻtmishdoshi | Alisher Fayzullayev |
| Vorisi | Vladimir Norov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 3-fevral 1954-yil Toshkent |
| Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal Demokratik Partiyasi |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
Maʼlumoti — oliy, 1976-yilda Toshkent davlat universitetini iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
1976—1987 — Toshkent davlat universitetida oʻqituvchi, katta oʻqituvchi.
1987—1990 — OʻzSSR Kommunistik Parityasi markaziy qo'mitasi metodisti, sektor mudiri.
1990—1991 — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Fanlar akadеmiyasi Ishlab chiqarish kuchlarini oʻrganish institutida katta ilmiy xodim.
1991—1992 — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti dеvonining xalqaro iqtisodiy aloqalar boʻlimida yetakchi konsultant, boʻlim mudiri.
1992—1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari.
1993-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri.
1993—1996 — Oʻzbekiston Respublikasining Gеrmaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi, oʻrindoshlik asosida — Oʻzbekiston Respublikasining Nidеrlandiya va Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi.
1996-yilda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlatlararo munosabatlar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha davlat maslahatchisi.
1996—2001 — Oʻzbekiston Respublikasining Amеrika Qoʻshma Shtatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi, oʻrindoshlik asosida — Oʻzbekiston Respublikasining Kanadadagi favqulodda va muxtor elchisi.
2001-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari.
2003—2005 — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Tashqi ishlar vaziri, bir vaqtda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori.
2005-yildan 2015-yilgacha — Oʻzbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasi raisi.
2013-yildan buyon – Oʻzbekiston regbi federatsiyasi raisi.
2015-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi oʻrinbosari.
2021-yildan, shuningdek — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori.
Favqulodda va Muxtor elchi diplomatik martabasiga ega.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, sodiq safoyev haqida ma’lumot. sodiq safoyev nima? sodiq safoyev nimani anglatadi?
