Gulyamov Ravshan Ayupovich – 2019-yildan Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha davlat maslahatchisi.
| Ravshan Ayupovich Gʻulomov | |
|---|---|
ruscha: Равшан Аюпович Гулямов | |
![]() | |
| Mansab davri 2019-yil 4-iyuldan – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Vyacheslav Golishev |
| Mansab davri 2017-yildan – 2018-yilgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | lavozim taʼsis etilgan |
| Vorisi | Najmiddinxo‘ja Sharipov |
| Mansab davri 2011-yildan – 2012-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Galina Saidova |
| Vorisi | Elyor Gʻaniyev |
| Mansab davri 2010-yildan – 2011-yilgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Sunnatilla Bekenov |
| Vorisi | Galina Saidova |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 5-iyun 1968-yil Toshkent |
| Mukofotlari |
|
Biografiya
1968-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek.
Maʼlumoti – oliy, 1992-yilda Toshkent davlat universiteti, 1998-yilda Avstraliya milliy universitetini tamomlagan.
1985—1992 – Toshkent davlat universiteti talabasi.
1986—1988 – harbiy xizmat.
1992—1992 – Davlat banki davlat byudjeti boshqarmasi 2-toifali mutaxassisi.
1992—1994 – Markaziy bank valyuta-iqtisodiy bosh boshqarmasi 2-toifali iqtisodchisi, bosh eksperti, sektor mudiri, bosh boshqarma boshligʻi oʻrinbosari.
1994—1998 – Markaziy bank valyuta nazorati va tashqi aloqalar departamenti direktori oʻrinbosari.
1998—2001 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi xizmati bosh konsultanti.
2001—2004 – Markaziy bank raisining oʻrinbosari.
2004—2006 – Milliy bank boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari.
2006—2007 – „Asaka“ davlat-aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi.
2007—2009 – Taraqqiyot va tiklanish jamgʻarmasi ijrochi direktori.
2009—2010 – Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari.
2010—2011 – Iqtisodiyot vaziri.
2011—2012 – Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
2012—2017 – Taraqqiyot va tiklanish fondi ijrochi direktori.
2017—2018 – Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi.
2018—2019 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri.
2019—2019 – Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi oʻrinbosari.
2019—2025 – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining iqtisodiy-ijtimoiy siyosat boʻyicha maslahatchisi.
2025-yildan O‘zbekiston prezidentining hududiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, ravshan gʻulomov haqida ma’lumot. ravshan gʻulomov nima? ravshan gʻulomov nimani anglatadi?

