Rapanui (Rapa Nui.: Rapa Nui) yoki Pasxa oroli (ispancha: Isla de Pascua) — Tinch okeanning sharqiy qismidagi vulkan oroli. Jan. Amerikadan 3000 km uzoqlikda, Chili hududi. Maydoni 165,5 km². Orol uchburchak shaklda boʻlib, har bir uchida vulkanlar bor: Rano-Aroi (539 m, orolning eng baland joyi), Katiki (377 m) va Rano-Kao (324 m). Qirgʻokdari qoyali. Iqlimi subtropik, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 16—23°. Yiliga 1300 mm yogʻin yogʻadi. Asosan, oʻt oʻsimliklari usadi. Tropik dehqonchilik qilinadi. Baliq ovlanadi, qoʻychilik rivojlangan. Maʼmuriy markazi — Xangaroa. Pasxa orolini 1722-yilda golland dengizchi sayyohi Ya.Roggeven pasxa bayrami kuni kashf qilgan. 1888-yildan Chili tarkibida. Orolda pasxaliklarning qadimgi madaniyat qoldiklari — tosh xaykallar, yozuvlar bitilgan taxtachalar saklangan. Pasxa orolida 1955—56ylarda T.Xeyerdal rahbarligida Norvegiya—Amerika ekspeditsiyasi arxeologik qazishmalar oʻtkazdi. Tadqiqotchilar fik-richa, orolning dastlabki aholisi Pe-rudan kuchib borgan. 15-asrda Pasxa oroliga Markiz slaridan polinezlar borib oʻrnashgan. Ular 17-asrda orolning dastlabki aholisini butunlay kirib tashlagan.
![]() | |
| Geografiya | |
|---|---|
| Maydoni | 164 km2 |
| Dengiz sathidan balandligi | 242 va 211 m. |
| Eng baland nuqtasi | Terevaka |
| Ma'muriyat | |
| Davlat | Chili |
| Mintaqa | Isla de Pascua |
| Demografiya | |
| Aholisi | 4800 |
| Qo'shimcha ma'lumot | |

| Wikimedia Commonsda Easter Island mavzusiga oid fayllar bor. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, pasxa oroli haqida ma’lumot. pasxa oroli nima? pasxa oroli nimani anglatadi?
