Abdulaziz Oʻrolboyevich Aqqulov — oʻzbek diplomati va iqtisodchisi. 2022-yildan Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi.
| Abdulaziz Oʻrolboyevich Aqqulov | |
|---|---|
| Mansab davri 2022-yil 11-apreldan – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | ? |
| Mansab davri 2018-yil 3-noyabrdan – 2020-yil 1-fevralgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Anvar Sharapov |
| Vorisi | Aziz Abduhakimov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 2-sentyabr 1985-yil Navoiy |
Biografiya
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini 2005-yilda bakalavr, 2007-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.
2005—2006-yillarda „O‘zstandart“ agentligi Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy tadqiqot instituti mutaxassisi.
2006—2011-yillarda „O‘zbekturizm“ milliy kompaniyasi „Tur servis standart“ Davlat unitar korxonasi mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, korxona direktori.
2011—2017-yillarda „O‘zbekturizm“ milliy kompaniyasi bosh mutaxassisi, boshqarma boshlig‘i.
2017—2018-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i.
2018-yilda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.
2018-yil noyabrdan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
2019—2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi.
2020—2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirining birinchi o‘rinbosari.
2022-yildan Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchisi. 23-sentabr kuni ushbu mamlakat Prezidenti Muhammad ibn Zayd Al Nahayonga ishonch yorliqlarini topshirdi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, abdulaziz aqqulov haqida ma’lumot. abdulaziz aqqulov nima? abdulaziz aqqulov nimani anglatadi?

