Geosiyosat, geografik siyosat (yunoncha: γῆ gê – „yer, hudud“ va πολιτική politikḗ – „siyosat“) – siyosatshunoslikdagi nazariya. Geosiyosat atamasi muayyan bir mamlakat oʻrni, tabiiy boyliklari, iqlimi va boshqa geografik omillarining davlat tashqi siyosatiga (geografik-siyosiy strategiyasi va hokazoga) muayyan taʼsirini ifodalash uchun ishlatiladi. Geosiyosat tushunchasini birinchi bor R. Chellen (Shvetsiya) ilmiy muomalaga kiritgan. Geosiyosat nazariyasi XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Friedrich Ratzel (Germaniya), A. Mexen (AQSh), X. Makkinder (Buyuk Britaniya) tomonidan ishlab chiqilgan, geosiyosat Kissinjer, Z. Bjezinskiy (AQSh) va boshqalar tomonidan hozirgi dunyodagi siyosiy jarayonlarga tadbiqan rivojlantirilgan. Geosiyosatga oid ilmiy qarashlarga davlatning geografik joylashuvi (makoni) bilan uning ichki va tashqi siyosati oʻrtasidagi uygʻunlik prinsipi asos qilib olinadi. Oʻzbekiston oʻz tashqi siyosatida maʼlum darajada geosiyosatning asosiy tamoyillarini ham hisobga oladi.
Xalqaro munosabatlar darajasida geosiyosat tashqi siyosatni oʻrganish usuli boʻlib, geografik omillar orqali xalqaro siyosiy xatti-harakatlarni tushunish, izohlash va bashorat qilishni maqsad qiladi. Bu omillarga mintaqashunoslik, iqlim, relyef, demografiya, tabiiy resurslar hamda baholanayotgan mintaqaga oid amaliy fanlar kiradi.
Adabiyotlar
- Amineh, Parvizi M.; Houweling, Henk. Central Eurasia in Global Politics. London: Brill Academic Publishing.
- Ankerl, Guy. Global communication without universal civilization, INU societal research. Geneva: INU Press, 2000. ISBN 2-88155-004-5.
- An Introduction to International Relations. Cambridge: Cambridge University Press, 2011. ISBN 978-1-107-60000-3.
- Diamond, Jared. Guns, Germs, and Steel. Jonathan Cape, 1997. ISBN 978-0-224-03809-6.
- Kovacevic, Filip. Teoretičari klasične geopolitike: ciklus predavanja. Podgorica: Centar za gradjansko obrazovanje, 2014. ISBN 978-86-85591-43-3.
- Munoz, J. Mark (2013). Handbook on the Geopolitics of Business. Edward Elgar Publishing : UK. ISBN 9780857939746
- O'Loughlin, John; Heske, Henning. From War to a Discipline for Peace, The Political Geography of Conflict and Peace. London: Belhaven Press, 1991.
- Spang, Christian W.. Karl Hausofer Re-examined: Geopolitics As a Factor within Japanese-German Rapprochement in the Inter-War Years?, Japanese-German Relations, 1895–1945: War, Diplomacy and Public Opinion, London, 2006 — 139–157-bet.
- Spang, Christian W. (2013). Karl Haushofer und Japan. Die Rezeption seiner geopolitischen Theorien in der deutschen und japanischen Politik. Munich: Iudicium. ISBN 978-3-86205-040-6.
- Venier, Pascal (2010), „Main Theoretical Currents in Geopolitical Thought in the Twentieth Century“ (Wayback Machine saytida 2017-02-08 sanasida arxivlangan), L’Espace Politique, vol. 12, no 3, 2010.
- Cerreti, Claudio; Marconi, Matteo; Sellari, Paolo (2019). Spazi e poteri. Geografia politica, geografia economica, geopolitica (Wayback Machine saytida 2022-04-08 sanasida arxivlangan). Roma-Bari: Laterza.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2018-yil.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, geosiyosat haqida ma’lumot. geosiyosat nima? geosiyosat nimani anglatadi?