Bolonya universiteti (italyancha: Università di Bologna) — Yevropadagi qadimgi universitetlardan biri. Italiyaning Bolonya shahrida joylashgan. 1088-yili Bolonya shahrida asos solingan. 12—15-asrlarda mashhur boʻlgan; 13-asrda untdagi oʻquvchilar soni 10 mingga yetgan. Bolonya universiteti yuridik, siyosiy fanlar, iqtisodiyot va tijorat, falsafa va sanʼat, pedagogika, tibbiyot, dorishunoslik, kimyo, muhandislik, qishloq xoʻjaligi, veterinariya va boshqa sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Bolonya universitetida 60 mingdan ortiq talaba taʼlim oladi. Universitet kutubxonasida 1 mln.ga yakin asar saqlanadi.
![]() | |
Xalqaro nomi | italyancha: Università di Bologna |
|---|---|
| Asos solingan sanasi | 1088 |

Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Oliy oʻquv yurti haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bolonya universiteti haqida ma’lumot. bolonya universiteti nima? bolonya universiteti nimani anglatadi?
