Moʻminun surasi (arabcha: سورة المؤمنون, nomining maʼnosi — Mo‘minlar) — Qurʼonning 23-surasi. Makkiy suralardan biri, 118 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 342–349-sahifasida va 18-juzida joylashgan. 74-boʻlib nozil boʻlgan.
| Moʻminun surasi — سورة المؤمنون | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Mo‘minlar | ||||||||||||
| Tasnifi | Makkiy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 342–349 | ||||||||||||
| Juz | 18 | ||||||||||||
| Sura raqami | 23 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 118 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 6 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 74 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
Sura Alloh taoloning borligi va birligiga hamda Muhammad alayhissalom U zotning soʻnggi paygʻambari ekanligiga iymon keltirgan moʻminlar Firdavs bogʻlariga merosxoʻr boʻlish uchun qaysi amallarni qilib, qaysi amallardan tiyilishlari lozim ekanligini bayon qilish bilan boshlanadi. Shu boisdan u "Moʻminlar" deb atalgandir.
Bu surada ham oʻtmishdagi ayrim paygʻambarlar va ularga mushriklar tomonidan yetgan ozorlar zikr qilinishi bilan paygʻambar alayhissalomga Makka kofirlarining yetkazayotgan aziyatlarida tasalli beriladi, Suraning mehvari (oʻqi), asosan, bu dunyodagi hayot uchun qayta tirilish haq ekani atrofida aylanadi. Yana bu surada hayotlarini kufr bilan oʻtkazgan kimsalarning "sakarotul-mavt" — "oʻlim mastligi" chogʻida tortadigan azoblari, ajallari yetib — orzu-xayollari puchga chiqqan paytida chekadigan afsus-nadomatlari ham bayon qilinadi.
Sura odamlar ikki toifaga: baxtli va badbaxtlarga boʻlinadigan, har qanday nasl-nasab, qarindosh-urugʻchilikdan toniladigan, faqat iymon va qilingan yaxshi amalgina foyda beradigan Qiyomat kuni haqida xabar berish bilan nihoya topadi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, moʻminun surasi haqida ma’lumot. moʻminun surasi nima? moʻminun surasi nimani anglatadi?
