Nur surasi (arabcha: سورة النور, nomining maʼnosi — Nur) — Qurʼonning 24-surasi. Madiniy suralardan biri, 64 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 350–359-sahifasida va 18-juzida joylashgan. 102-boʻlib nozil boʻlgan.
| Nur surasi — سورة النور | |||||||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| | |||||||||||||
![]() Suraning arabcha matni | |||||||||||||
| Nomining maʼnosi | Nur | ||||||||||||
| Tasnifi | Madaniy sura | ||||||||||||
| Statistika | |||||||||||||
| Sahifasi | 350–359 | ||||||||||||
| Juz | 18 | ||||||||||||
| Sura raqami | 24 | ||||||||||||
| Oyatlar soni | 64 | ||||||||||||
| Sajda oyati | yoʻq | ||||||||||||
| Rukuʼlar soni | 9 | ||||||||||||
| Muqattaot harflari | yoʻq | ||||||||||||
| Nozil boʻlish tartibi | 102 | ||||||||||||
| | |||||||||||||
| Arabcha matni | ar.wikisource.orgda tanzil.netda | ||||||||||||
| Tarjimalari | QuranAcademy.org quran.uzda | ||||||||||||
| |||||||||||||
Asosiy mavzusi
Suraning asosiy mavzusi islomiy jamiyatdagi axloq-odob qonun-qoidalaridir. Unda musulmonlarning bir-birlari bilan oʻrnatishlari lozim boʻlgan munosabatlaridan tortib, islomiy oilalarning ichida barpo qilinishi zarur boʻlgan toza iqlim va pokiza muhit yoʻl-yoʻriqlarigacha batafsil bayon qilinadi.
Yana bu surada jamiyatni fisq-u fasoddan toza tutish, nasl-nasablarni aralashib ketishidan saqlash va insonlarni axloqiy tubanlikdan asrash uchun Alloh taolo farz qilib qoʻygan ayrim jazo choralari, jumladan, zinokorlikka qarshi, tuhmatchilikka qarshi islomiy jazo choralari ham zikr qilinadi. Va bu bilan Islom nazarida kishi uchun birovning molini nohaq olish qanday harom sanalsa, birovning or-nomusiga tegish yoki nohaq obroʻsini toʻkish ham shunday harom ekanligi uqtiriladi.
Suraning "Nur" deb nomlanishining sababi, birinchidan, undan Alloh yer-u osmonlarning nuri - asl ijodkori ekanligi xususidagi goʻzal oyati karimalar oʻrin olgani boʻlsa, ikkinchidan, bu surada insonlar baxtli, saodatli hayot kechirishlari uchun nur kabi zarur boʻlgan ilohiy ahkomlar mavjudligidir.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, nur surasi haqida ma’lumot. nur surasi nima? nur surasi nimani anglatadi?
