Toʻlaganov Kozim Nosirovich – Toshkent shahar hokimi (1994-2001), Toshkent viloyati hokimi (2004-2005). "Shuhrat" medali sohibi (1994).
| Toʻlaganov Kozim Nosirovich | |
|---|---|
Тўлаганов Козим Носирович | |
| Toshkent viloyati hokimi | |
| Mansab davri 2004-yildan – 2005-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Shavkat Mirziyoyev |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Ummat Mirzaqulov |
| Vorisi | Mirzamashrab Kuchchiyev |
| Toshkent shahri hokimi | |
| Mansab davri 1994-yildan – 2001-yilgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulhoshim Mutalov Oʻtkir Sultonov |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Adhambek Fozilbekov |
| Vorisi | Rustam Shoabdurahmonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 10-iyul 1949-yil Toshkent |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
1949-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Millati – oʻzbek.
Maʼlumoti – oliy.
1971-yilda Toshkent politexnika insitutini tamomlagan.
1966—1971 yy. – Toshkent politexnika institutining talabasi.
1971—1972 yy. – Toshkent politexnika instituti qurilish fakultetinig tadqiqotchisi.
1972—1976 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish boshqarmasining ishchisi, ustasi, prorabi, katta prorabi.
1976—1979 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish trestining 53-qurilish boshqarmasi boshligʻi, 22-qurilish boshqarmasi boshligʻi.
1979—1983 yy. – Toshkent qurilish boshqarmasi 159-qurilish trestining boshqaruvchisi.
1983—1986 yy. – Toshkent shahar partiya qoʻmitasi qurilish va shahar xoʻjaligi boʻlimining mudiri.
1986—1988 yy. – Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.
1988—1990 yy. – „Toshshaharqurilish“ boshqarmasining boshligʻi.
1990—1991 yy. – Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining boshligʻi.
1991—1992 yy. – Oʻzbekiston qurilish vaziri.
1992—1994 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.
1994—2001 yy. – Toshkent shahar hokimi.
2001—2004 yy. – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari – kommunal soha, transport, qurilish majmuasi rahbari.
2004—2005 yy. – Toshkent viloyati hokimi.
2007—2009 yy. – „Trest-12“ OAO – Ishlab chiqarish va texnika boʻlimi muhandisi.
2010—2016 yy. – „Trest-12“ OAJ – Ishlab chiqarish va texnika boʻlimi yetakchi muhandisi.
2016—2017 – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi Loyihalashtirish va qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bosh boshqarmasi boshligʻi.
2017-yildan – Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining oʻrinbosari.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, kozim toʻlaganov haqida ma’lumot. kozim toʻlaganov nima? kozim toʻlaganov nimani anglatadi?