Javohir Alisherovich Siddiqov (ruscha: Джавохир Алишерович Сиддиков, 1996-yil 8-dekabrda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik professional futbolchi, Qarshining „Nasaf“ klubi va futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynaydi.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Javohir Alisherovich Siddiqov | ||
| Tavallud sanasi | 8-dekabr 1996-yil | ||
| Tavallud joyi | Toshkent, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 164 cm (5 ft 4 1⁄2 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| Paxtakor | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2015—2016 | Paxtakor | 2 | (-) |
| 2016—2020 | Qoʻqon 1912 | 69 | (11) |
| 2019—2020 | → Paxtakor | 21 | (4) |
| 2021 | Lokomotiv | 19 | (0) |
| 2022—2023 | Qoʻqon 1912 | 21 | (4) |
| 2023 | → Nasaf | 21 | (1) |
| 2024— | Nasaf | 19 | (3) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2013 | Oʻzbekiston U-17 | 4 | (-) |
| 2014—2015 | Oʻzbekiston U-20 | 6 | (0) |
| 2017—2019 | Oʻzbekiston U-23 | 20 | (4) |
| 2018— | Oʻzbekiston | 13 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 1-noyabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2020-yil 1-iyun uchun) | |||
Futbolchilik faoliyati
Toshkentning „Paxtakor“ jamoasi tarbiyalanuvchisi. Javohir ushbu klubning yoshlar jamoasida oʻynagan. 2016-yilda „Paxtakor“ning asosiy tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazgan.
2016-yilgi mavsum ikkinchi davrasida Qoʻqon 1912 klubi tarkibiga oʻtgan va asosiy tarkib futbolchilaridan biriga aylangan. 2021-yil Toshkentning „Lokomotiv“ klubi bilan shartnoma imzolagan. 2023-yildan Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzolagan.
Xalqaro faoliyati
2013-yilda 17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida toʻrtta oʻyin oʻtkazgan. 2014—2015-yillarda 19 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasida 6 ta oʻyin oʻtkazgan. 2018-yil Oʻzbekiston U-23 (Olimpiya) terma jamoasi tarkibida 2018-yilgi Osiyo oʻyinlaridan ishtirok etgan. 2018-yilning yanvar oyida Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bilan birga 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida gʻolib chiqqan.
Siddiqov Oʻzbekiston milliy terma jamoasidagi debyutini 2018-yilning 27-mart kuni Marokash terma jamoasiga qarshi oʻyinda (2:0) oʻtkazgan. U 2019-yilgi Osiyo Kubogida Oʻzbekiston terma jamoasi safida ishtirok etgan va turnir davomida 4 ta oʻyin oʻtkazgan. Turkmaniston terma jamoasi bilan oʻyinda milliy terma jamoadagi ilk golini urgan.
- Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
| № | Sana | Stadion | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1. | 2019-yil 13-yanvar | Al Rashid stadioni, Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari | Turkmaniston | 1-0 | 4-0 | AFC Osiyo kubogi 2019 |
Yutuqlari
Paxtakor
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni (3): 2015, 2019, 2020
- Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi (2): 2019, 2020,
- Oʻzbekiston Liga kubogi sohibi (1): 2019
Nasaf
- Oʻzbekiston Superligasi chempioni: (1) 2024
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: (2) 2023, 2024, 2025
- Oʻzbekiston Kubogi gʻolibi: (1) 2023
Terma jamoa
- Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati chempioni: 2018-yil
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, javohir siddiqov haqida ma’lumot. javohir siddiqov nima? javohir siddiqov nimani anglatadi?
