- Vikipediyada ismi Jahongir va familiyasi Ortiqxoʻjayev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Jahongir Ortiqxoʻjayev – Toshkent shahrining sobiq hokimi. „J-United Group“ kompaniyalar guruhining (Akfa, Imzo-Akfa, Tashkent city, Oqtepa – sohil boʻyi, Choshtepa turar- joy, Artel, Discovery Invest, Grand Road Tashkent, DreamCity Development, Stargate systems, Prime tower group, Obod shahar qurilish, Jako, Lucem, MediaPark, Atlas, EcoBozor, Senior & Seniorita, Vesta Electric, Royal sun-panel, Amilov, Autograph Gallery, Benkam (Navoiy) , BizDoner, Qanotchi, Engelberg, Airfel, KFC, Lider-line, Gold aluminium-plastic Co, Zomin sunrise, Zoʻr TV telekanali, Multi-mafe, Avalon brendlarini oʻz ichiga oladi) asoschisi, 2018-yil 21-dekabrdan 2023-yil 16-yanvarigacha Toshkent shahar hokimi boʻlgan.
| Jahongir Ortiqxo’jayev | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 2018-yil 21-dekabrdan (2018-yil 26-apreldan v.b.) – 2023-yil 16-yanvargacha | |
| Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Rahmonbek Usmonov |
| Vorisi | Bahtiyor Rahmonov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 2-yanvar 1975-yil |
| Kasbi | iqtisodchi |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
1975-yil 2-yanvarda tugʻilgan. Millati – oʻzbek.
1991—1996-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan.
2011-yildan 2017-yilgacha Artel Engineering kompaniyasiga rahbarlik qilgan.
2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi obyektlarni qurish va ulardan foydalanish davlat unitar korxonasi direktori lavozimida ishlagan.
2020-yildan – Oʻzbekiston yoga federatsiyasi prezidenti.
2018-yil 21-dekabrdan 2023-yil 16-yanvargacha Toshkent shahar hokimi vazifasida faoliyat yuritgan.
2018-yil 14-sentyabrida Ortiqxoʻjayev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi etib saylangan. 2023-yil 30-yanvar kuni senatorlar qatoridan chiqarildi.
Mukofotlari
2015-yilda Doʻstlik ordeni bilan taqdirlandi.
2021-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan quruvchi faxriy unvonini oldi.
Indidentlar
16 noyabr 2019 yili ushbu hokimning ovozli soʻzlashuvlari internetda paydo bo'ldi va u yerda blogger va jurnalistlarni 6 soniya ichida besoqolbozlikka chiqarishga va'da berdi va bu xalq noroziligini keltirib chiqardi.
Oilasi
Turmush oʻrtogʻi – Nigora Ortiqxoʻjayeva, „J-United Group“ kompaniyalar guruhining ayni paytdagi boshqaruvchisi. 5 nafar farzandi bor: Zulfiya, Iroda, Robiya, Komila, Adnan.
Qizi – Iroda, Oʻzbekiston Prezidentining sobiq maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidovning oʻgʻliga turmushga chiqqan.
Qizi – Komila, 2021-yilda turmushga chiqqan, „Ocard“ MChJ (Ocard va Blanc Bleu brendlari ostidagi ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi korxona) rahbari.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, jahongir ortiqxoʻjayev haqida ma’lumot. jahongir ortiqxoʻjayev nima? jahongir ortiqxoʻjayev nimani anglatadi?


