Husayin Norchayev (ruscha: Норчаев, Хусаин Туракул оглы; 2002-yil 6-fevral, Yakkabogʻ) – Oʻzbekistonlik professional futbolchi, „Navbahor“ klubida markaziy va qanot hujumchisi pozitsiyalarida oʻynaydi.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Husayin Toʻraqul oʻgʻli Norchayev | ||
| Tavallud sanasi | 6-fevral 2002-yil | ||
| Tavallud joyi | Yakkabogʻ, Oʻzbekiston | ||
| Boʻyi | 180 cm (5 ft 11 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Nasaf | ||
| Raqami | 11 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| – | Nasaf | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2020—2023 | Nasaf | 71 | (25) |
| 2023—2025 | FC Alania Vladikavkaz | 13 | (0) |
| 2024 | → Neftchi | 15 | (4) |
| 2025 | Nasaf | 30 | (14) |
| 2026— | Navbahor | 0 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2021—2024 | Oʻzbekiston U-23 | 10 | (10) |
| 2021— | Oʻzbekiston | 1 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 28-iyun uchun) | |||
Futbolchilik faoliyati
2020-yil 14-iyun kuni Oʻzbekiston Superligasidagi debyutini „Navbahor“ga (2:2) qarshi oʻtkazib, 84-daqiqada Oybek Bozorov oʻrniga maydonga tushgan. 2020-yil 17-avgust kuni u oʻz maydonida „Soʻgʻdiyona Jizzax“ga qarshi oʻyinda (3:0) ilk golini kiritdi.
2023-yilgi mavsumda Rossiyaning „FC Alania Vladikavkaz“ jamoasining katta qiziqishiga sabab boʻldi va qishki transfer oynasi vaqtida rus klubiga 500 000 $ evaziga transfer qilingan va 3,5 yillik shartnoma imzolagan. Bu vaqtga qadar Husayin „Nasaf“ safida barcha turnirlarda 100 ta oʻyin oʻtkazgan (globalsportsarchive.com sayti maʼlumotlariga koʻra – 98 ta oʻyin), 40 ta gol urgan.
2024-yil 4-fevralda „FC Alania Vladikavkaz“ jamoasi Norchayevni Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga bir yilga ijaraga bergani eʼlon qilingan.
Xalqaro
2021-yildan buyon Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynab kelmoqda. Norchayev Oʻzbekiston birinchi terma jamoasi safida debyutini 2021-yil 9-oktyabr kuni Malayziya bilan oʻrtoqlik uchrashuvida (5:1) amalga oshirgan.
2022-yilda 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilardan iborat Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida yoshlar terma jamoalari oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgan va jamoa bilan finalga chiqqan. 6 uchrashuvda 2 ta gol urgan.
| Oʻzbekiston terma jamoasi | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyin | Gollar |
| 2021-yil | 1 | 1 |
| Jami | 1 | 1 |
2023-yil 19-mart oʻtkazilgan oʻyindagi aniq statistika.
Terma jamoa uchun gollar
- Gol va natijalar roʻyxatida birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari qayd etilgan.
| Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musoboqa | Gollar |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 2021-yil 9-oktyabr | Amman xalqaro stadioni, Amman, Iordaniya | Malayziya | 3–0 | 5–1 | Oʻrtoqlik | 1 |
Yutuqlari
Nasaf
- AFC kubogi: ikkinchi oʻrin sohibi:
- 2021-yil
- Oʻzbekiston Kubogi sohibi:
- 2021, 2022
- Oʻzbekiston Superkubogi sohibi:
- 2025
Individual
- AFC Kubogi eng yaxshi toʻpurari: (7 gol)
- 2021-yil
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, husayin norchayev haqida ma’lumot. husayin norchayev nima? husayin norchayev nimani anglatadi?
