Dilyor Zafarovich Hakimov — oʻzbek diplomati, iqtisodchi va tarjimon. Oʻzbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi sobiq doimiy vakili. 2019-yildan hozirgacha Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya, Niderlandlar va Lyuksemburg mamlakatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATO huzuridagi Oʻzbekiston missiyasi boshligʻi.
| Dilyor Zafarovich Hakimov | |
|---|---|
| Mansab davri 2017-yil 10-martdan – 2023-yil 5-dekabrgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | ? |
| Vorisi | Gʻayrat Fozilov |
| Mansab davri 2013-yil 10-martdan – 2013-yil 21-oktabrgacha | |
| Prezident | Islom Karimov |
| Oʻtmishdoshi | Murod Asqarov |
| Vorisi | Muzaffarbek Madrahimov |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1-noyabr 1969-yil Toshkent |
Biografiya
1969-yil 1-noyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1997-yilda Malayziyaning Mara texnologiya institutini, 1998-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini va 2001-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini xalqaro iqtisodiy munosabatlar, biznes boshqaruvi mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan. Ingliz tilini biladi.
1988—1989 — Harbiy xizmat.
1997—1998 — „O‘zbekistonda inson taraqqiyoti bo‘yicha ilmiy hisobot“ loyihasi maʼmuriy xodimi.
1998—1998 — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni va O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot dasturi vakolatxonasining „Iqtisodiy tadqiqotlar markazi“ qo‘shma loyihasi maʼmuriy xodimi.
1998—2001 — O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasi maʼmuriy xodimi.
2001—2004 — BMT taraqqiyot dasturi ko‘magidagi O‘zbekiston hukumatining „taraqqiyotga hamkorlik ko‘rsatish“ dasturi rahbari.
2004—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BMT va xalqaro tashkilotlar ishlari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.
2006—2009 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Tashqi siyosiy faoliyat strategiyasi va tahlili bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari.
2009—2011 — Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonasi maslahatchisi.
2011—2013 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari ishlari bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i.
2013—2013 — O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili.
2013—2014 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi.
2014—2017 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari.
2017-yildan 2023-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Belgiya, Niderlandlar va Lyuksemburg mamlakatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATO huzuridagi Oʻzbekiston missiyasi boshligʻi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, dilyor hakimov haqida ma’lumot. dilyor hakimov nima? dilyor hakimov nimani anglatadi?


