John Dickinson (2-noyabr Yulian taqvimi boʻyicha, 13-noyabr Grigoriy taqvimi boʻyicha 1732-yil) — Amerika Qoʻshma Shtatlarining asoschilaridan biri, Filadelfiya va Wilmington siyosatchisi huquqshunos. Dickinson 1767-yilda ilk nashrdan chiqqan va 1768-yilda qayta nashr etilgan va „Letters from a Farmer in Pennsylvania“ asari uchun „yangicha uslub bilan chiqqan qalamkash“ deb eʼtirof etilgan. Shuningdek, 1768-yilda AQSH mustaqillik urushi madhiyasiga aylangan „The Liberty Song“ qoʻshigʻining matnini yozgan.
| John Dickinson | |
|---|---|
![]() Portret (1780) | |
| Pensilvaniya hukumatining 5-prezidenti | |
| Mansab davri 7-noyabr 1782-yil – 18-oktyabr 1785-yil | |
| Vitse-prezident | James Ewing James Irvine Charles Biddle |
| Oʻtmishdoshi | William Moore |
| Vorisi | Benjamin Franklin |
| Delaware hukumatining 5-prezidenti | |
| Mansab davri 13-noyabr 1781-yil – 12-yanvar 1783-yil | |
| Oʻtmishdoshi | Caesar Rodney |
| Vorisi | John Cook |
| Delaware kontinental kongress aʼzosi | |
| Mansab davri 18-yanvar 1779-yil – 7-noyabr 1776-yil | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 2-noyabr (Yulian taqvimi boʻyicha), 13-noyabr (Grigoriy) taqvimi boʻyicha) 1732-yil Talbot (Maryland), Maryland viloyati |
| Vafoti | 14-fevral 1808-yil (75 yoshda) Wilmington (Delaware) |
| Siyosiy partiyasi | Demokratik-Respublikachilar Partiyasi |
| Turmush oʻrtogʻi | Mary Norris Dickinson |
Dickinson Kontinental assotsiatsiya qoshidagi Birinchi Kontinental kongress aʼzosi. Bundan tashqari u 1774-yilgi Qirollik nomiga yoziladigan iltimosnoma, arizalarning qoralamasini tayyorlashga ham masʼul boʻlgan. Shu bilan birga Ikkinchi kontinental kongress aʼzosi sifatida 1775-yilda Olive Branch iltimosnomasini yozgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, john dickinson haqida ma’lumot. john dickinson nima? john dickinson nimani anglatadi?
