Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Anatoliy Zuhurovich Qobulov (1934.14.2, Toshkent – 2003.29.7, Moskva) – rejissyor, aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1987). Toshkent davlat teatr va rassomlik s

Anatoliy Qobulov

Anatoliy Zuhurovich Qobulov (1934.14.2, Toshkent – 2003.29.7, Moskva) – rejissyor, aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1987). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1957). 1958—1960-yillar „musiqali drama“ kafedrasini boshqargan. Ayni vaqtda Oʻzbek davlat estradasi bosh rejissyori, Hamza teatrining sahnalashtiruvchi rejissyori sifatida faoliyat yuritgan. Hamza teatrida „Imon“ (I.Sulton), „Olma gullaganda“ (O.Yoqu-bov), „Shubha“ (Uygʻun), „Assalom, yulduzlar“, „Faust va oʻlim“ (Levada) kabi spektakllar, Oʻzbekiston rus drama teatrida „Tosh uy“, Berdaq nomidagi teatrda „Levyanixa orbitada“ spektakllarini sahnalashtirgan. 1964-88 yillar „Oʻzbekfilm“ da rejissyor, 1988—1998-yillarda „Nashtar“ satirik kinojurnalida bosh muharrir, rejissyor, aktyor. 1986—2002-yillar Toshkent sanʼat instituti professor „Uyimga kir“, „Yoz yomgʻiri“, „Sen mening qoʻshigʻimsan“, „Boʻysunmas“, „Jontoy qasa-mi“ kabi badiiy, „Yangi yil bilan“ televizion, „Halima Nosirova“ kabi hujjatli filmlar yaratgan. „Rahim va qoʻngʻiz“, „Dovyurak musiqa“ kabi multiplikatsion filmlarning ssenariysini, „Folbin kim“, „Choʻpon va goʻzal malika haqida ertak“ va boshqa pyesalar yozgan. „Fidoiy“, „Oydin sahifa“, „Chinor“ kabi filmlarda suratga tushgan. Soʻz ustasi sifatida ham faoliyat yuritgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).

Anatoliy Qobulov
Tavalludi 14-fevral 1934-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 31-iyul 2003-yil(2003-07-31)
(69 yoshda)
Moskva, Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Taʼlimi Toshkent teatr va rassomlik instituti
Kasbi Kinorejissyor, aktyor, ssenarist
Faoliyat yillari 1955—1991
Unvoni Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist
Mukofotlari , Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti

Mukofotlari

  • Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist: 1973
  • Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti: 1983

Adabiyotlar

  • „Кабулов Анатолий Зухурович“, Режиссёры советского художественного кино, 500 экз, М., 1983 — 37—38-bet. 

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, anatoliy qobulov haqida ma’lumot. anatoliy qobulov nima? anatoliy qobulov nimani anglatadi?

Yuqori