- Vikipediyada ismi Aziz va familiyasi Toshpoʻlatov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Aziz Anvarovich Toshpoʻlatov (1978-yilda tugʻilgan) – Oʻzbekiston davlat arbobi. 2025-yil 3-martdan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri.
| Aziz Toshpoʻlatov | |
|---|---|
![]() | |
| Mansab davri 3-mart 2025-yil – hozirgacha | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Poʻlat Bobojonov |
| Mansab davri mart 2020-yil – 3-mart 2025-yil | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Oʻtmishdoshi | Rustam Joʻrayev |
| Vorisi | Ravshan Sultonxoʻjayev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 2-sentyabr 1978-yil Qibray tumani, Toshkent viloyati |
| Taʼlim | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi |
| Xizmat yillari | 2000-yildan |
| Unvoni | General-leytenant |
Biografiyasi
Aziz Toshpoʻlatov 1978-yilda tugʻilgan.
2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan.
2015-yildan 2017-yilgacha Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi.
2017-yildan 2019-yilgacha Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.
2019-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — tezkor qidiruv xizmati boshligʻi.
2020-yil martida Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan.
2025-yilning 3-mart kuni Ichki ishlar vaziri etib tayinlandi. 9-aprel kuni Oʻzbekiston voleybol federatsiyasi raisi etib saylandi. 7-oktyabr kuni Bahodir Qurbonov oʻrniga Oʻzbekiston aralash janglar assotsiatsiyasi raisi etib saylandi. Bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti hisoblanadi.
Unvon va mukofotlari
2021-yil yanvarida Oʻzbekiston prezidenti farmoniga koʻra general-mayor maxsus unvoni berilgan. Toshpoʻlatov Oʻzbekiston tarixida ushbu unvonni olgan ikkinchi eng yosh ichki ishlar organi xodimi hisoblanadi.
2025-yil avgustida general-leytenant maxsus unvoni berilgan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, aziz toshpoʻlatov haqida ma’lumot. aziz toshpoʻlatov nima? aziz toshpoʻlatov nimani anglatadi?


