Azim Israilovich Ahmadxoʻjayev (ingliz tilida: Akhmedkhadjaev Azim Israilovich, 1979-yil 12-iyul, Oʻzbekiston, SSR, SSSR, Toshkentda tugʻilgan) – oʻzbek davlat arbobi. Hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi („Oʻzatom“ agentligi) direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
| Azim Isroilovich Ahmadxo‘jayev | |
|---|---|
![]() | |
| Atom energetikasini rivojlantirish agentligi direktori | |
| Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 1979-yil 12-iyul Toshkent |
| Fuqaroligi | |
| Maʼlumoti | Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti |
| Mukofotlari | Doʻstlik ordeni |
Taʼlim
Azim Axmedxadjayev 2002-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan – xalqaro iqtisodiy va valyuta-kredit munosabatlari boʻyicha bakalavr hamda magistr darajasini olgan. 2003-yilda xorijda – Vullongong universiteti (Avstraliya) magistraturasida oʻqishni davom ettirdi.
Faoliyati
Mehnat faoliyatini 2003-yilda „Oʻzmarkazimpeks“ kompaniyasida boshlagan. Oʻshanda u Oʻzbekiston Iqtisodiyot vazirligi Investitsiya dasturlari boshqarmasi investitsiya loyihalari monitoringi guruhining yetakchi mutaxassisi boʻlgan. Keyinchalik u ketma-ket bosh mutaxassisdan xalqaro hamkorlik va moliyalashtirish bilan bogʻliq loyihalar rahbarigacha boʻlgan lavozimlarni egalladi. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ijro etuvchi direksiyasining loyihani amalga oshirishni nazorat qilish guruhi bosh mutaxassisi, keyinchalik rahbari boʻlgan.
2007-yildan Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida faoliyatini davom ettirib, boʻlim boshligʻi oʻrinbosaridan boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari lavozimigacha koʻtarilgan. Keyinchalik Asakabank rahbari boʻlgan.
2017-2018 yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi, soʻngra Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
2019-2021 yillarda Jizzax viloyati hokimi oʻrinbosari lavozimida ishlagan, soʻngra markaziy idoralarga qaytgan. Dastlab 2021-yil avgustidan 2024-yil mayiga qadar energetika vazirining birinchi oʻrinbosari, 2024-yil martidan hozirgi kunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, azim ahmadxoʻjayev haqida ma’lumot. azim ahmadxoʻjayev nima? azim ahmadxoʻjayev nimani anglatadi?
