Andrey Yevgenyevich Lunyov - rossiyalik futbolchi, Moskvaning Dinamo klubi darvozaboni.
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Tavallud sanasi | 1991-yil 13-noyabr | ||
| Tavallud joyi | Moskva, Rossiya | ||
| Boʻyi | 1.93 m | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Dinamo Moskva | ||
| Raqami | 1 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| FShM Torpedo | |||
| Torpedo | |||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2010–2014 | Torpedo Moskva | 9 | (-13) |
| 2012 | → Istra (ijara) | 9 | (-6) |
| 2013–2014 | → Kaluga (ijara) | 28 | (-32) |
| 2015 | Saturn (Ramenskoe) | 4 | (-4) |
| 2015–2016 | Ufa | 10 | (-7) |
| 2017–2021 | Zenit | 90 | (-68) |
| 2021–2024 | Bayer 04 | 2 | (-3) |
| 2023–2024 | Qarabağ | 19 | (-18) |
| 2024- | Dinamo Moskva | 10 | (-10) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2017- | Rossiya | 8 | (-14) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Klublardagi faoliyati
Torpedo Moskva
Andrey Torpedo bolalar futbol maktabining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2009-yildan jamoaning asosiy tarkibida o‘ynay boshlagan va o‘sha mavsumda Rossiya havaskorlar chempionatida (Moskva zonasi) ishtirok etgan. Bir yildan keyin Torpedo jamoasi safida ikkinchi divizionda 7 ta va Kubokda 2 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Ijarada (2012—2014)
Lunyov 2011-2012-yilgi mavsumda Istra futbol klubiga ijara asosida borib qo'shilgan. 2013-yilning yozida esa Kaluga klubiga ijaraga berilgan. Shundan so'ng futbolchi 2014-yilning oktabr oyida erkin agentga aylangan.
Saturn
Andrey 2015-yilning qishida Ramenskoening Saturn jamoasi bilan shartnoma imzolagan va jamoa safida 4 ta o‘yinda ishtirok etgan.
Ufa
U 2015-yilning yozida Ufa jamoasiga o‘tgan va dastlabki mavsumni jamoaning yoshlar tarkibida o‘tkazgan. 2016-yil 11-sentabrda jamoa asosiy tarkibi safidada Rossiya Premyer-ligasidagi asosiy darvozabon sifatida o'z debyutini amalga oshirgan. O'sha mavsum Lokomotivga qarshi o‘yinda Peychinovich tomonidan tepilgan penaltini qaytarib darvozasini quruq saqlab qolgan. Yil oxirigacha Ufa safida 10 ta o‘yinda qatnashgan bo'lib, 7 ta gol o‘tkazib yuborgan va 6 ta o‘yinni quruq o‘tkazgan.
Zenit
2016-yil 23-dekabr sanasida Lunyov Sankt-Peterburgning Zenit klubiga o‘tgan. Shartnoma 4,5 yil muddatga imzolangan. U Zenit safidagi ilk rasmiy o‘yinini 2017-yil 19-mart kuni Tulaning Arsenal jamoasiga qarshi o‘tkazgan. Ushbu bahsda Zenit 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Bir necha muvaffaqiyatli o‘yinlardan so‘ng Lunyov jamoaning asosiy darvozaboniga aylangan. Jamoaga yangi bosh murabbiy, Roberto Manchini kelganda ham Lunyov asosiy darvozabonligicha qolgan. 2018-yilning 13-avgustida Rubinga qarshi o‘yinda darvoza daxlsizligini saqlab qolgan holda Leonid Ivanov klubining ramziy tarkibiga kiritilgan. 2021-yilning oxirida tomonlar shartnoma uzaytirilishida kelisha olmaganlari sababli Andrey Zenitni erkin agent maqomida tark etgan .
2022-yilning iyulida Lunyov Zenit tomonidan unga 2020-2021-yilgi mavsumda to‘lanmagan bonuslar borligi haqida Aleksey Millerga murojaat qilgan.
Bayer 04
202- yil 9-iyulda Lunyov Leverkusendagi Bayer 04 klubiga o‘tgan va 2023-yilgacha shartnoma imzolagan. U 23-iyul kuni Freiburg bilan bo‘lgan nazorat o‘yinida tanaffusdan so‘ng Lukas Hradecky o‘rniga maydonga tushgan. Ushbu o'yinda u bironta ham gol o'tkazmagan. 9-dekabr kuni klub uchun rasmiy o‘yindagi debyutini Ferencvárosiga qarshi Yevropa Ligasi guruh bosqichi o‘yinida amalga oshirgan. Futbolchi 2021-2022-yilgi mavsumda Bayer 04 tarkibida Bundesligada 3-o‘rinni egallagan.
Qarabağ
202- yil 19-avgustda Lunyov Qarabağ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan va ushbu jamoa safiga borib qo'shilgan. 27-avgust kuni u Kapazga qarshi chempionat o‘yinida o'z debyutini amalga oshirgan. 21-sentabr kuni u Moldega jamoasiga qarshi Yevropa Ligasi guruh bosqichi o‘yinida maydonga tushgan va jamoasining 1:0 hisobida g‘alaba qozonishga yordam bergan.
2023-2024-yilgi mavsumda Yevropa kuboklarida eng ko‘p seyv (36) qilgan darvozabon sifatida tan olingan. Andrey Qarabağ darvozaboni sifatida 8 ta o‘yinda zarbalarning 72% ini qaytargan.
2024-yil 4-iyun kuni Lunyov shartnoma muddati tugagach, Qarabağ klubini tark etgan.
Dinamo Moskva
2024-yil 18-iyun kuni Lunyov erkin agent sifatida Moskvaning Dinamo klubiga o‘tgan. Jamoa va futbolchi o'rtasidagi shartnoma 2026-yil yoziga qadar imzolangan. 20-iyul kuni Lunyov RPLning birinchi turida Voronejning Fakel jamoasiga qarshi o‘yinda jamoa safidagi debyutini amalga oshirgan. Ilk o‘yinida 74-daqiqada Yevgeniy Markovdan gol o‘tkazib yuborgan, 82-daqiqada esa sariq kartochka olgan. Lunyov butun o‘yin davomida maydonda harakat qilgan. Ushbu uchrashuvda Dinamo 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Terma jamoa faoliyati
2017-yilgi Konfederatsiyalar kubogiga Rossiya milliy futbol terma jamoasining kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan, ammo Krasnodarga qarshi o‘yinda olgan jarohati sababli turnirda ishtirok eta olmagan.
Andrey 2017-yil 16-avgustda Rossiya terma jamoasining Novogorskdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etish uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritilgan. Lunyovning terma jamoadagi debyuti 2017-yil 10 oktabrda Eron bilan o‘rtoqlik o‘yinida bo‘lib o‘tgan. 14-noyabr kuni Ispaniyaga qarshi o‘yinda ikkinchi o‘yinini o‘tkazgan. O‘yinning oxirida boshidan jarohat olgan va kasalxonaga yotqizilgan (zaxiradan o'yinchi almashtirish imkoniyati qolmagani sababli Denis Glushakov darvozaga turgan). Andrey 2018-yil mart oyida Fransiyaga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda o‘ynagan. 2018-yilgi jahon chempionati uchun yakuniy tarkibga kiritilgan, ammo butun turnir davomida zaxirada qoldirilgan. Millatlar ligasidagi ilk o‘yini Turkiyaga qarshi o'tkazgan. Shuningdek, Germaniya (0:3) va Shvetsiyaga qarshi (0:2) o‘yinlarda ham maydonga tushgan.
2018-yil 1 oktabr sanasidan Igor Akinfeev milliy terma jamoa safida o'z faoliyatini yakunlaganidan so'ng murabbiy Stanislav Cherchesov Lunyovni asosiy darvozabon deb e’lon qilgan. San-Marino va Kiprga qarshi o‘yinlarda zaxirada qoldirilgan (terma jamoa darvozasini Guilherme Marinato himoya qilgan).
U 2021-yil mart oyida JCh-2022 saralash o‘yinlari doirasida terma jamoaga chaqirilgan, ammo barcha uchta o‘yinni zaxirada o‘tkazgan. Andrey 2022-yilda Tojikiston (17-noyabr) va O‘zbekistonga (20-noyabr) qarshi o‘rtoqlik o‘yinlariga Rossiya terma jamoasiga chaqirilmagan.
Darvozabon 2024-yil 11-martda Rossiya terma jamoasining Serbiya (21-mart) va Paragvay (25-mart) bilan bo'lib o'tgan o‘rtoqlik o‘yinlariga chaqirilgan.
Mukofotlari
Zenit
- Rossiya Premyer-ligasi: 2018–19, 2019–20, 2020–21
- Rossiya kubogi: 2019–20
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, andrey lunyov haqida ma’lumot. andrey lunyov nima? andrey lunyov nimani anglatadi?
