Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

William Henry Gates III (oʻqilishi: Uilyam Henri Geyts Uchinchi; 1955-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) amerikalik biznes-magnat, dasturchi, investor, yozuvchi va fil

Bill Gates

William Henry Gates III (oʻqilishi: Uilyam Henri Geyts Uchinchi; 1955-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) amerikalik biznes-magnat, dasturchi, investor, yozuvchi va filantropdir. Gates bolalikdagi doʻsti Paul Allen bilan birga hozirda jahonning eng yirik AT-industriya kompaniyasi boʻlmish Microsoftga asos solgan. U Forbes jurnalining dunyodagi eng badavlat kishilar roʻyxatida koʻp yillar davomida birinchi oʻrinni egallab kelgan Gates qoʻlida Microsoft ulushining 1,6 foizi mavjud.. Gates, shuningdek, bir necha kitoblar muallifi hamdir.

Bill Gates

Gates 2017-yilda
Tavalludi
William Henry Gates III

28-oktyabr 1955-yil (1955-10-28) (70 yosh)
Seattle, Vashington, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Taʼlimi Harvard universiteti (tashlab ketgan)
Kasbi
  • Dasturchi
  • investor
  • ishbilarmon
Faoliyat yillari 1972 – hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Melinda French Gates
(turm. 1994; ajr. 2021)
Bolalari 3
Otasi Bill Gates Sr.
Onasi Mary Maxwell
Veb-sayti gatesnotes.com
Imzosi

Shaxsiy kompyuter inqilobining yirik arboblaridan biri boʻlgan Gates monopoliyada ayblanib tanqid etilgan. Shu bilan birga Gates koʻplab ehsonlar qilgan: 2000-yilda rafiqasi bilan tuzgan Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasi orqali tibbiy va ilmiy tadqiqotlarga $36 milliarddan oshiq xayriya ulashgan.

Gates 2000-yil yanvarida Microsoft bosh ijrochi direktori lavozimidan voz kechib, raislikka oʻtdi. 2006-yil iyunida u Bill & Melinda Gates Foundation jamgʻarmasida ishlashini eʼlon qildi. 2008-yil 27-iyunida Gates Micorosoftʼdagi oxirgi toʻliq ish kuniga chiqdi. Hozirda u kompaniya ishlariga deyarli aralashmaydi.

Turmush oʻrtogʻi Melinda Gatesga 1994-yili uylangan. Uch farzandi bor: qizlari Jennifer Katharine (1996-yil tugʻilgan) va Phoebe Adele (2002-yil tugʻilgan) hamda oʻgʻli Rory John (1999-yil tugʻilgan). Bill Gates dindor emas, oʻzini agnostik deb taʼriflaydi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, bill gates haqida ma’lumot. bill gates nima? bill gates nimani anglatadi?

Yuqori