Igor Vladimirovich Akinfeev (1986-yil 8-aprelda tugʻilgan) – rossiyalik professional futbolchi, Rossiyaning CSKA klubi darvozaboni va sardori. U butun faoliyatini CSKAda oʻtkazgan va 700 dan ortiq rasmiy oʻyinlarda maydonga tushgan. U oltita Rossiya Premer-ligasi va oltita Rossiya kubogi, shuningdek, 2005-yilda UEFA kubogini qoʻlga kiritgan. U Rossiya oliy ligasida 514 ta oʻyin oʻtkazib bu borada rekordchi hisobalanadi (2022-yil 21-may holatiga koʻra).
![]() | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Igor Vladimirovich Akinfeev | ||
| Tavallud sanasi | 8-aprel 1986-yil | ||
| Tavallud joyi | Moskva viloyati, RSFSR, SSSR | ||
| Boʻyi | 1.85 m | ||
| Ampluasi | Darvozabon | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | CSKA Moskva | ||
| Raqami | 35 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1991–2002 | CSKA Moskva | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2002– | CSKA Moskva | 585 | (0) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2002–2005 | Rossiya U21 | 8 | (0) |
| 2004–2018 | Rossiya | 111 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2024-yil 26-dekabr uchun) | |||
2004 va 2018-yillar oraligʻida Rossiya terma jamoasi uchun toʻliq xalqaro maydonga tushgan, u 111 ta oʻyin oʻtkazib toʻrtta UEFA Yevropa chempionati va ikkita FIFA Jahon kubogi uchun asosiy tarkibga kiritilgan. U 2017-yil mart oyida oʻzidan oldingi jamoa sardori Vasiliy Berezutskiy nafaqaga chiqqanidan keyin Rossiya terma jamoasi sardori etib tayinlangan.
Akinfeev „Lev Yashin“ klubi aʼzosi boʻlib, Rossiya futbolida boshqa darvozabonlarga qaraganda koʻproq oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Yoshlik yillari
Igor Akinfeev 1986-yil 8-aprelda Moskva viloyatining Vidnoye shahrida tugʻilgan. U 4 yoshida otasi uni CSKA sport maktabiga yubordi. U ikkinchi mashgʻulotida darvozabonlikni tanlagan. CSKA Moskva oʻsmirlar jamoasi aʼzosi sifatida 2002-yilda Rossiya oʻsmirlar chempionatida gʻolib chiqgan.
Klubdagi karyerasi
Akinfeev 16 yoshida Moskvaning CSKA jamoasida professional debyutini oʻtkazdi va „Krylia Sovetov Samara“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda penaltini qaytardi va darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. U 2003-yilda 17 yoshida asosiy tarkibga kirdi va shu mavsumda klub birinchi Rossiya Premer-ligasida gʻolib chiqdi. 2005-yildan CSKA Rossiya Premer-ligasi Rossiya kubogi va UEFA kubogida uch marta gʻalaba qozondi. Bu mavsumda Akinfeev CSKAning Yevropadagi 19 oʻyinining barchasida asosiy tarkibda oʻynadi. 2005-yilgi UEFA kubogi finalida, armiyachilar oʻz raqibi Xose Alvalade Estadioda Sporting CP ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. 2006-yilda u CSKA bilan uchinchi marta Rossiya chempionati va ikkinchi marta Rossiya kubogini qoʻlga kiritgan. Sobiq Sovet Ittifoqining yilning eng yaxshi futbolchisi uchun Zvezda kubogi bilan taqdirlangan.
2006-2007-yilgi UEFA Chempionlar Ligasida Akinfeev 362 daqiqa davomida gol oʻtkazib yubormagan. Bu Chempionlar Ligasida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan ketma-ket 43 oʻyindan iborat rekordni hisoblanardi. 2017-yil 25-iyul kuni Chempionlar ligasi saralash bosqichida Moskvaning CSKA klubi mehmonda 2:0 hisobida AEKni magʻlub etgani.
2007-yil may oyida Akinfeev tizzasidan jarohat olib, 2007-yilgi Rossiya Premer-ligasi mavsumining qolgan qismida maydonga tusha olmadi. CSKA mavsumni ligada shahar raqibi "Spartak Moskva" va chempion "Zenit" dan keyin uchinchi oʻrinda yakunladi. Akinfeev 2008-yilgi mavsumda ligada 30 ta oʻyinda qatnashib, Rossiya kubogini qoʻlga kiritdi. 2009-yilda u yana Rossiya Premer-ligasining barcha 30 oʻyinida maydonga tushdi va Rossiya kubogi finalida liga gʻolibi „ Rubin“ga qarshi oʻyinda (1:0) oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
2011-yilning may oyida Akinfeev CSKA sardori boʻlib, faoliyatidagi beshinchi Rossiya kubogida qatnashdi. 2012-13-yillarda CSKA 7 yil ichida birinchi marta Rossiya Premer-ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi. Akinfeev Rossiyada yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. 2013-yilgi Rossiya kubogi finalida CSKAning „Anji“ qarshi penaltilar seriyasida Yuriy Jirkovning zarbasini Akinfeev qaytargan.
2014-yilning 1-fevralida Moskvaning CSKA klubi Akinfeevning CSKA bilan shartnomasini 2019-yilning yoziga qadar uzaytirganini eʼlon qildi. 2013-14-yillarda Akinfeev beshinchi marta Rossiya Premer-ligasi chempionligini qoʻlga kiritdi. 2014-yilning 14-mayida u Lev Yashinni ortda qoldirib, Rossiya futbolidagi darvozabonlar oʻrtasida oʻyinlar soni boʻyicha uchinchi oʻrinni egalladi. 2015-yilning 14-noyabrida u Rossiya terma jamoasining Portugaliya ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan oʻzining faoliyatidagi 233-uchrashuvida toza oʻyin rekordni yangiladi.
2018-yilning avgustida Akinfeev CSKA bilan shartnomasini 2022- yilgacha uzaytirdi.
2018-yilning dekabrida Akinfeev oʻzining 300-oʻyinini oʻtkzgan rossiyalik birinchi darvozabonga aylangan.
2021-yil 14-avgust kuni u Rossiyaning yuqori ligasidagi 489-oʻyinini oʻtkazib, avvalroq Sergey Ignashevich oʻrnatgan rekordni takrorlagan boʻlsa. 2021-yil 21-avgustdagi navbatdagi oʻyinida u 490 ta natija bilan bu rekordni yangiladi.
2022-yilning 20-may kuni Akinfeev CSKA bilan shartnomasini 2023/24-yilgi mavsum oxirigacha uzaytirdi.
Xalqaro karyera
Akinfeev 2004-yil 28-aprelda 18 yoshu 20 kunligida Norvegiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Rossiya terma jamoasi uchun debyut qilgan. Shunday qilib, u Eduard Streltsov va Sergey Rodionovdan keyin Rossiya terma jamoasi uchun kurashgan uchinchi eng yosh futbolchi va Rossiya Federatsiyasi tarixidagi eng yosh xalqaro futbolchiga aylangan. Keyinchalik u Rossiyaning UEFA Yevro-2004 terma jamoasiga Sergey Ovchinnikov va Vyacheslav Malafeevdan keyin uchinchi darvozabon sifatida kiritilgan.
Uning asosiy musobaqadagi debyuti 2005-yilning 30-martida 2006- yilgi Jahon chempionati saralashida Estoniyaga qarshi oʻyinda boʻlgan va keyinchalik Malafeevning uzoq muddatli jarohatidan soʻng Rossiya terma jamoasining asosiy darvozaboni boʻlgan. Akinfeev Yuriy Semin va keyinchalik Guus Xiddink qoʻl ostida birinchi darvozabonlikni saqlab qoldi. 2007-yil 6-may kuni Akinfeev „Rostov“ ga qarshi oʻyinda (1:1) tizzasidan jarohat olib, 4 oyga safdan chiqdi. Natijada u birinchi darvozabonlik pozitsiyasini Vyacheslav Malafeevga, keyinroq Vladimir Gabulovga boy berib qoʻygan. Noyabr oyi boshida u Rossiya terma jamoasiga qaytdi, biroq Isroilga qarshi UEFA Yevro-2008 saralash oʻyiniga tushishga jismonan tayyor emas deb topildi. Keyinchalik Akinfeev UEFA Yevro-2008da Rossiya uchun birinchi darvozabonlik oʻrnini qayta tikladi va mamlakat yarim finalga chiqqanga qadar har bir oʻyinda qatnashdi.
U 2012-yil 25-mayda UEFA Yevro-2012 uchun yakuniy tarkibga kiritilgan, ammo Malafeev Rossiyaning barcha oʻyinlarida darvozaga qoʻyildi va milliy terma jamoa guruh bosqichidan chiqib ketdi. 2014-yil 2-iyun kuni Akinfeev Rossiya terma jamoasining 2014-yilgi FIFA Jahon chempionati tarkibiga kiritildi.
Rossiya terma jamoasining 2014-yilgi Jahon chempionatining Janubiy Koreyaga qarshi birinchi guruh oʻyinida Akinfeev Li Keun Xoning uzoq masofadan yoʻllagan zarbasini oʻtkazib yubordi va koreyslar xisobda oldinga chiqib olishdi. Keyin Rossiya hisobni tenglashtirdi va oʻyin 1:1 hisobida yakunlandi. 26-iyun kuni Jazoir va Rossiya oʻrtasidagi guruh bosqichining soʻnggi oʻyini 1:1 hisobida yakunlanib, Jazoirni oldinga olib chiqdi va Rossiyani magʻlub etdi. Rossiyaning gʻalabasi ularni saralashiga olib kelishi mumkin edi va ular oltmish daqiqa davomida 1:0 hisobida oldinda borishdi. Oʻyinning 60-daqiqasida jazoirlik jarima zarbasidan himoyalangan Akinfeevning yuziga yashil lazer nuri tushdi va Islom Slimani gol urib hisobni tenglashtirdi. Akinfeev ham, rossiyalik murabbiy Fabio Kapello ham oʻtkazib yuborilgan hal qiluvchi golda lazerni ayblashgan.
2015-yilning 27-martida, Yevro-2016 saralashining G guruhida Chernogoriyada boʻlib oʻtgan oʻyinda, Akinfeev startdan 20 soniya oʻtib, olomon orasidan uchirilgan detal boshiga tekkan edi. Oʻyin 35 daqiqada toʻxtatildi va u davolanganidan soʻng Yuriy Lodiginga almashtirildi. Akinfeev Rossiya terma jamoasi safida uchinchi UEFA Yevropa chempionatini UEFA Yevro-2016da oʻtkazdi, milliy terma jamoa uchta oʻyindan atigi bir ochko toʻplagan holda B guruhida oxirgi oʻrinni egallagan.
U Rossiya terma jamoasining 2017-yilgi FIFA Konfederatsiyalar kubogida sardor sifatida maydonga olib chiqgan va turnirning ochilish oʻyinida rossiyaliklar Yangi Zelandiyani 2:0 hisobida magʻlub etgan, Akinfeev oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. 21-iyun kuni Rossiyaning ikkinchi guruh oʻyinida Portugaliyaga 0:1 hisobida magʻlub boʻlgan Akinfeev milliy terma jamoadagi 100-uchrashuvini oʻtkazgan.
2018-yilning 11-mayida u Rossiyaning JCh-2018 uchun kengaytirilgan tarkibiga kiritildi. 2018-yil 3-iyun kuni u jahon chempionatining yakuniy tarkibiga kiritildi. Keyinchalik Akinfeev rossiyaliklarning 1/8 finalda Ispaniyani magʻlub etishida, oʻyinning eng yaxshi futbolchisi etib topildi u oʻyinda ikkita penaltini qaytargan.
2018-yilning 1-oktyabrida u terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.
Karyera statistikasi
Klub
| Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
| CSKA Moscow | 2003 | Rossiya premier ligasi | 13 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 18 | 0 |
| 2004 | 26 | 0 | 1 | 0 | 10 | 0 | 1 | 0 | 38 | 0 | ||
| 2005 | 29 | 0 | 7 | 0 | 15 | 0 | 1 | 0 | 52 | 0 | ||
| 2006 | 28 | 0 | 7 | 0 | 8 | 0 | 0 | 0 | 44 | 0 | ||
| 2007 | 10 | 0 | 2 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 18 | 0 | ||
| 2008 | 30 | 0 | 2 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 38 | 0 | ||
| 2009 | 30 | 0 | 4 | 0 | 10 | 0 | 1 | 0 | 45 | 0 | ||
| 2010 | 28 | 0 | 1 | 0 | 11 | 0 | 1 | 0 | 41 | 0 | ||
| 2011–12 | 28 | 0 | 4 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 37 | 0 | ||
| 2012–13 | 29 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 33 | 0 | ||
| 2013–14 | 29 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 39 | 0 | ||
| 2014–15 | 30 | 0 | 2 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 39 | 0 | ||
| 2015–16 | 30 | 0 | 3 | 0 | 10 | 0 | 1 | 0 | 44 | 0 | ||
| 2016–17 | 29 | 0 | 0 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 35 | 0 | ||
| 2017–18 | 28 | 0 | 0 | 0 | 16 | 0 | 0 | 0 | 44 | 0 | ||
| 2018–19 | 30 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 36 | 0 | ||
| 2019–20 | 30 | 0 | 1 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | 36 | 0 | ||
| 2020–21 | 28 | 0 | 3 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 37 | 0 | ||
| 2021–22 | 29 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 31 | 0 | ||
| Karyerada jami | 514 | 0 | 46 | 0 | 132 | 0 | 13 | 0 | 705 | 0 | ||
Xalqaro
| Rossiya | ||
|---|---|---|
| Yil | Oʻyin | Gol |
| 2004-yil | 1 | 0 |
| 2005-yil | 7 | 0 |
| 2006-yil | 7 | 0 |
| 2007-yil | 2 | 0 |
| 2008-yil | 11 | 0 |
| 2009-yil | 10 | 0 |
| 2010-yil | 7 | 0 |
| 2011-yil | 4 | 0 |
| 2012-yil | 7 | 0 |
| 2013-yil | 8 | 0 |
| 2014-yil | 12 | 0 |
| 2015-yil | 8 | 0 |
| 2016-yil | 10 | 0 |
| 2017-yil | 9 | 0 |
| 2018 | 8 | 0 |
| Jami | 111 | 0 |
Yutuqlar
CSKA Moskva
- Rossiya Premer-ligasi : 2003, 2005, 2006, 2012-13, 2013-14, 2015-16
- Rossiya kubogi : 2004–05, 2005–06, 2007–08, 2008–09, 2010–11, 2012–13
- Rossiya Superkubogi : 2004, 2006, 2007, 2009, 2013, 2014, 2018
- UEFA kubogi : 2004-05
Rossiya
- UEFA Yevropa chempionati bronza medali sovrindori: 2008.
Shaxsiy
- 2012-13-yil Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi
- Boltiqboʻyi va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida yilning eng yaxshi futbolchisi („Yulduz“) Sport-Ekspress (2006)
- Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi yosh futbolchisi (2005)
- Rossiya chempionatining 33 nafar eng yaxshi futbolchisi roʻyxati: № 1 (2005, 2006, 2008, 2009, 2010, 2012/13, 2013/14); № 2 (2011/2012); № 3 (2004).
- Rossiya futbol ittifoqiga koʻra eng yaxshi rus darvozaboni (2008, 2009, 2010)
- Rossiya Premer-ligasining eng yaxshi darvozaboni: 2021–22
- Yevropaning eng yaxshi yosh darvozaboni (2008)
- Lev Yashin klubi aʼzosi
- Rossiyaning CSKA mukofoti „Oltin taqa“: bitta oltin taqa (2010) va toʻrtta kumush taqa (2005, 2006, 2008, 2009)
- Doʻstlik ordeni (2006)
- Lev Yashin mukofoti „Yil darvozaboni“ (2004, 2005, 2006, 2008, 2009, 2010)
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, igor akinfeev haqida ma’lumot. igor akinfeev nima? igor akinfeev nimani anglatadi?
