Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Serik Nigʻmetovich Ahmetov (qozoqcha: Серік Нығметұлы Ахметов, 25-iyun 1958, Temirtau, Qaragʻandi viloyati, Qozoq SSR, SSRI) — qozogʻistonlik davlat arbobi, iqt

Serik Axmetov

Serik Nigʻmetovich Ahmetov (qozoqcha: Серік Нығметұлы Ахметов, 25-iyun 1958, Temirtau, Qaragʻandi viloyati, Qozoq SSR, SSRI) — qozogʻistonlik davlat arbobi, iqtisod fanlar doktori, 2012-yil 24-setyabrdan buyon Qozogʻiston Respublikasining bosh vaziri.

Serik Nigʻmetovich Ahmetov
Серік Нығметұлы Ахметов
 8-Qozogʻiston Respublikasining mudofaa vaziri
 
Mansab davri
3-aprel 2014-yil – 22-oktyabr 2014-yil
Prezident Nursulton Nazarboyev
Bosh vazir Karim Masimov
Oʻtmishdoshi Jaqsibekov Adilbek
 8-Qozogʻiston Respublikasining Bosh Vaziri
Mansab davri
24-sentabr 2012-yil – 2-aprel 2014-yil
Oʻtmishdoshi Karim Masimov
Vorisi Karim Masimov
 QR Bosh Vazirining birinchi oʻrinbosari
Mansab davri
20-yanvar 2012-yil – 2012-yil 24-sentabrgacha
Bosh vazir Karim Masimov
Oʻtmishdoshi Oʻmirzaq Shoʻkeyev
Vorisi lavozim bekor qilindi;
 13-5-Qaragʻandi viloyatining hokimi
Mansab davri
2009-yil 19-noyabr – 2012-yil 20-yanvargacha
Bosh vazir Karim Masimov
Oʻtmishdoshi Nurlan Nigʻmatullin
Vorisi Abilgʻazi Qusainov
 13-7-Qozogʻiston Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri
Mansab davri
2006-yil 26-sentabr – 2009-yil 3-martgacha
Oʻtmishdoshi Asqar Mamin
Vorisi Abilgʻazi Qusainov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 25-iyun 1958-yil (1958-06-25) (67 yosh)
Temirtau shahri, Qaragʻandi viloyati,
Qozoq SSR, SSRI
Turmush oʻrtogʻi Lyubov Mixaylovna Ahmetova
Bolalari Qizi: Janna (1980);
oʻgʻli: Daniyar (1985)
Mukofotlari

Biografiyasi

1958-yil 25-iyunda Qaragʻandi viloyati, Temirtau shahrida dunyoga kelgan.

Bilimi

1985-yil Qaragʻandi metallurgiya zavodi yonidagi zavod-OTTM-ni injiner-metallurg mutahasisligi boʻyicha bitirgan, 1993-yili esa Rossiya boshqarish akademiyasining aspiranturasini bitirgan — iqtisod fanlar doktori.

Xizmat yoʻli

  • 1975-yil Qaragʻandi metallurgiya zavodida tokar sifatida ish boshlagan;
  • 1976 — 1978-yillari Qizil armiya safidagi harbiy xizmatda boʻldi;
  • 1979 — 1985-yillari tokar, kombinatdagi komsomol qoʻmitasida kotib oʻrinbosari, keyin qoʻmita kotibi boʻldi;
  • 1985 — 1986-yillari Temitau shahri komsomol qoʻmitasining birinchi kotibi;
  • 1986 — 1989-yillari Qaragʻandi viloyati komsomol qoʻmitasining birinchi kotibi;
  • 1989 — 1990-yillari Qaragʻandi partiya obkomining masulyatli tashkilotchisi;
  • 1993 — 1994-yillari Karmetkombinatining marketing byuro boshligʻi, sirtqi iqtisodiy aloqalar boʻlimining boshligʻi;
  • 1994 — 1995-yillari „Futau“ qoʻshma korxonasining direktori;
  • 1996 — 1998-yillari „Ken Dala“ Qozogʻiston agrosanoat birjasining bosh direktori;
  • 1998 — 2001-yillari Qozogʻiston Respublikasi Prezident Maʼmuriyatida tashkiliy-nazorat boʻlimida davlat inspektori;
  • 2001 — 2003-yillari Temirtau shahrining hokimi;
  • 2003 — 2004-yillari Ostona shahari hokimining birinchi oʻrinbosari;
  • 2004 — 2005-yillari Qozogʻiston Respublikasi Prezident Maʼmuriyatida tashkiliy-nazorat va kadr siyosati boshqarmasi davlat inspeksiyasining mudiri;
  • 2005 — 2006-yillari „Atameken“ umummilliy tadbirkorlar va ishchilar uyushmasining boshqarma raisi, ijrochi direktori;
  • 2006 — 2009-yillari Qozogʻiston Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri;
  • 2009 — 2009-yillari Qozogʻiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari;
  • 2009 — 2012-yillari Qaragʻandi viloyatining hokimi;
  • 2012 — 2012-yillari Qozogʻiston Respublikasi bosh vazirining birinchi oʻrinbosari;
  • 2012-yilning 24-sentabridan Qozogʻiston Respublikasi bosh vaziri boʻlib tayinlandi.
  • 2014-yil 2-aprelda — QR Prezidenti Nursulton Nazarboyev S.Ahmetovning istefosini qabul qildi.
  • 2014-yil 3-aprelda QR mudofaa vaziri etib tayinlandi

Mukofotlari

  • "Parasat " ordeni,
  • „Qurmet“(Hurmat) ordeni,
  • „Ostonaning 10 yilligi“ medallari bilan taqdirlangan.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, serik axmetov haqida ma’lumot. serik axmetov nima? serik axmetov nimani anglatadi?

Yuqori