Arabiston dengizi – Hind okeanining shimolida joylashgan chekka dengiz. Hindiston va Arabiston yarim orollari oraligʻida joylashgan. Maydoni 4832 ming km². Oʻrtacha chuqurligi 2734 m. Eng chuqur joyi 5803 m. Yirik qoʻltiqlari – Adan va Ummon. Hind daryosi quyiladi. Iqlimi tropik mussonli. Dengiz yuzasidagi suv temperaturasi fevralda shimolda 22° dan janubida 27° gacha avgustda 24 – 27°ni tashkil qiladi. Shoʻrlik darajasi 35,8 – 36,5% tashkil qiladi . Oqimlar qishda soat mili harakati boʻyicha, yozda gʻarbdan sharqqa yoʻnaladi. Arabiston dengizida dyugan, uchar baliqlar, tunes, seld va boshqa koʻplab hayvonlar tarqalgan. Asosiy portlari: Bombay, Ka-rochi, Adan, Kolombo.
| Arabiston dengizi | |
|---|---|
![]() | |
| Koordinatalari | 14°N 65°E / 14°N 65°E |
| Eng katta kengligi | 2 400 m |
| Yuzasi | 3 862 000 km2 |
| Eng katta chuqurligi | 4 652 m |
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, arabiston dengizi haqida ma’lumot. arabiston dengizi nima? arabiston dengizi nimani anglatadi?
