Krasnovodsk uyezdi – 1882—1925-yillarda mavjud boʻlgan Kaspiyorti viloyati, Turkman viloyati va Turkmaniston SSR tarkibidagi maʼmuriy-hududiy birligi. Uyezd markazi – Krasnovodsk shahri.
| Uyezd | |
|---|---|
| Tegishli | Kaspiyorti viloyati |
| Maʼmuriy markazi | Krasnovodsk |
| Asos solingan sanasi | 1882-yil |
| Aholi (1897-yil) | 53 800 kishi |
| Maydoni | 125,2 ming km² (1897) km² |
| Xaritada | |
Tarixi va maʼmuriy-hududiy boʻlinishi
Kaspiyorti (1921-yildan Turkman) viloyati tarkibidagi Krasnovodsk uyezdi 1882-yilda 1870-yildan beri mavjud boʻlgan Krasnovodsk pristavligidan tashkil qilinadi. 1890-yilda uyezd 2 ta pristavlikka boʻlingan: Qoraqal’a (markazi – Qoraqal’a mudofaa inshooti) va Chikishlar (markazi – Chikishlar mudofaa inshooti). 1917-yilda pristavliklar uchastka komissarliklari deb atala boshlaydi. 1917-yil aprelda Cheleken uchastka komissarligi tashkil etiladi. 1918-yilda Qoraqal’a Qoraqal’a uchastka komissarligi Poltoratskka oʻtkaziladi.
1919-yilda uchastka komissarligi tugatiladi. Ashxobod uyezdida 4 ta tuman tashkil etiladi:
- Jabal (markazi – Jabal stansiyasi);
- Kazakjik (markazi – Kazanjik q.);
- Primorsk;
- Chikishlar (markazi – Chikishlar).
1920-yil aprelda tumanlar boʻlislar shaklida qayta tashkil etiladi, ularning soni 6 taga yetadi: Cheleken va Shix boʻlislari qoʻshiladi. Oʻsha yilning iyun oyida Chikishlar Hasanquli deb qayta nomlanadi, ikki oydan keyin Primorsk boʻlisi Qirgʻiz ASSRga oʻtkaziladi.
1924-yil oktyabrda Krasnovodsk uyezdi Turkmaniston SSR tarkibiga, oʻsha yilning dekabr oyida Poltoratsk okrugining qismiga aylanadi. 1925-yil yanvarida uyezd tugatiladi, uning hududida tumanlar tashkil etiladi.
Aholisi
1897-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, uyezdda 53,8 ming kishi yashagan. Shu jumladan turkmanlar – 62,4%; qozoqlar – 19,3%; ruslar – 9,7%; forslar – 3,4%, armanlar – 1,8%; ukrainlar – 1,0%. Krasnovodsk shahrida 6 322 kishi yashagan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, krasnovodsk uyezdi haqida ma’lumot. krasnovodsk uyezdi nima? krasnovodsk uyezdi nimani anglatadi?