Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Polivinilxlorid (PVX, vestolit, xostalit, vinnol, korvik, solvik, sikron, jeon, nippeon, lukovil, xelvik, norvik va boshqalar) — vinilxloridning chiziqli termop

Polivinilxlorid

Polivinilxlorid (PVX, vestolit, xostalit, vinnol, korvik, solvik, sikron, jeon, nippeon, lukovil, xelvik, norvik va boshqalar) — vinilxloridning chiziqli termoplastik polimeri, —[SN2—SNS1—]p. Oq rangli plastik, mol. m. (10—150)103; zichligi 1350–1450 kg/m3. 100° dan yuqorida parchalanib, HCI ajratib chikaradi; choʻzilishga chidamlilik chegarasi 600 kg/sm2; egilishga chidamlilik chegarasi 1200 kg/sm2; qattiqligi 9,6 kg/mm2 issiqqa chidamliligi 70°, fiziologik zararsiz. Dixloretan, siklogeksanon, xlor- va nitrobenzolda eriydi, benzol, atsetonda oz eriydi, suv, spirt va uglevodorodlarda erimaydi; nam, kislota, ishkrr, tuzlar eritmasi, sanoat gazlari, benzin, kerosin, yog va spirtlar taʼsiriga chidamli. Vinil-xlorid SN2=SNS1ning yoruglik, is-siklik va turli initsiatorlar taʼsirida polimerlanishi natijasida hosil boʻladi. Polimerlanish zanjirli mexanizm (qarang Ranjir reaksiyalar) boʻyicha amalga oshiriladi; avtolavkalarda 40—50° va 4,5 at. bosim ostida suv emulsiyali usul asosida oʻtkaziladi.

P.dan 3000 dan koʻproq mahsulot va material ishlab chiqariladi. P.ga 10% plastifikator qoʻshilsa, fizik-mexanik xossalari yuqori, —10° gacha muzlashga chidamli material (viniplast) hosil boʻladi. P. tarkibiga 40% gacha plastifikator qoʻshib, —50% gacha chidamli elastik material (plastikat) olish mumkin. P. elektrotexnika, yengil, oziqovqat, ogʻir mashinasozlik sanoatlarida, kemasozlikda, tibbiyotda, qurilishda qoʻllanadi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, polivinilxlorid haqida ma’lumot. polivinilxlorid nima? polivinilxlorid nimani anglatadi?

Yuqori