- Vikipediyada ismi Oydin va familiyasi Yusupova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Oydin Yusupova (15-noyabr 1984-yil, Jizzax viloyati, OʻzSSR) — oʻzbek aktrisasi va xonandasi.
| Oydin Yusupova | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 15-noyabr 1984-yil |
| Fuqaroligi | |
| Kasbi | Aktrisa, xonanda |
| Otasi | Sharif Yusupov |
Hayoti
Oydin Yusupova 1984-yil 15-noyabrda Jizzax viloyatida tavallud topgan. Ularning oilasida jami sakkiz farzand (toʻrt qiz, ikki oʻgʻil) boʻlib, Oydin Yusupova ikkinchi farzand hisoblanadi. Singlisi Shahnoza Yusupova. Oydin Yusupova Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz tili filologiyasi yoʻnalishida tahsil olgan, lekin bu yoʻnalishda faoliyatini davom ettirmasdan sanʼat sohasiga kirib kelgan. U dastlab „Koʻzlaring mayus“ filmida oilasidan yashrincha roʻl oʻynagan va shu roʻli sababli koʻpchillika tanilgan. 2007-yilda „Vijdon“ filmidagi roʻlidan keyingina otasi Sharif Yusupov aktrisa boʻlishiga ruxsat bergan.
2010-yilda tovlamachilikda ayblanib, sud qarori boʻyicha besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Keyinchalik hukm bir yillik shartli jazoga almashtirilgan. 2012-yildan boshlab “Fayruz” guruhi bilan “Afsus” nomli duet aytib, xonandalik faoliyatini ham boshlagan. Undan soʻng „Kel“ nomli qoʻshiq aytgan va unga klip olib, muxlislariga taqdim etgan. Otasi Sharif Yusupovning vafotidan soʻng 2016–2022-yillar oraligʻida filmlarda suratga tushmay qoʻygan. Oydin Yusupova turmushga chiqmagan, lekin sevgan insoni borligini maʼlum qilgan.
Filmografiyasi
| Yil | Nomi | Obraz | Izoh |
|---|---|---|---|
| Koʻzlaring mayus | |||
| 2007 | Vijdon | Dilfuza rolida | |
| 2008 | Shabnam | Hosiyat roʻlida | Bosh rol |
| 2009 | Oshiqlar | ||
| Ada emas, dada | Epizod | ||
| 2010 | Jiyda guli | Laylo, Azim Joʻrayevichning qizi roʻlida | |
| 2011 | Devona farishta | Odina | Bosh rol |
| 2012 | Oqpadar | ||
| Afsus | Anora | Bosh rol | |
| 2014 | Faryod 2: Merosxoʻr | Bosh rol | |
| 2015 | Toʻqlikka shoʻxlik | Malika Aliyeva | Bosh rol |
| Yetti olam | |||
| 2016 | Seni sevdim | ||
| 2022 | Hayot kitobi | Serial | |
| 2024 | День семьи | Serial |
Diskografiyasi
| Yil | Nomi | Shoir(a) | Bastakor | Izoh |
|---|---|---|---|---|
| 2012 | Afsus | “Fayruz” guruhi bilan duet | ||
| Kel |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, oydin yusupova haqida ma’lumot. oydin yusupova nima? oydin yusupova nimani anglatadi?
