Oscar Bobb (talaffuzi: Oskar Bob) – norvegiyalik futbolchi, Angliyaning Manchester Siti klubi va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi.
![]() Bobb Manchester City safida, 2024 | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Oscar Bobb | ||
| Tavallud sanasi | 12-iyul 2003-yil | ||
| Tavallud joyi | Oslo, Norvegiya | ||
| Boʻyi | 1.74 m | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi, hujumchi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Manchester City | ||
| Raqami | 52 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| –2015 | Lyn | ||
| 2017–2019 | Vålerenga | ||
| 2019–2023 | Manchester City | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2023– | Manchester City | 20 | (1) |
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 2019 | Norvegiya U16 | 12 | (0) |
| 2020 | Norvegiya U17 | 1 | (0) |
| 2021 | Norvegiya U18 | 9 | (3) |
| 2022 | Norvegiya U19 | 4 | (1) |
| 2022–2023 | Norvegiya U21 | 8 | (2) |
| 2023– | Norvegiya | 10 | (2) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (15:57, 31-avgust 2025 uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (10-iyun 2025 uchun) | |||
Klublardagi faoliyati
Norvegiyaning „Lyn“ va „Vålerenga“ klublarining yoshlar akademiyalarida oʻynagan. 2019-yilning iyul oyida Manchester Siti futbol akademiyasining futbolchisiga aylandi. 2023-yil 2-sentyabrda Manchester Sitining asosiy tarkibida „Fulxem“ga qarshi Premyer-liga uchrashuvida debyut qildi. 19-sentyabr kuni UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini „Crvena Zvezda“ klubiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va 83-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 2023-yilning 13-dekabr kuni UEFA Chempionlar Ligasi doirasida „Crvena Zvezda“ klubiga qarshi oʻyinda gol kiritdi. Angliya Premyer-ligasidagi ilk golini 2024-yilning 13-yanvarida Nyukasl Yunayted klubiga qarshi safar oʻyinida kiritdi: 91-daqiqada Kevin De Bruynening uzatmasidan gol urib, „shaharliklar“ning 3:2 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi.
Terma jamoalardagi faoliyati
Norvegiya U16, U17, U18, U19 va U21 terma jamoalarida o'ynagan.
2023-yilning oktyabr oyida Bobb birinchi marta bosh murabbiy Ståle Solbakken tomonidan Norvegiya terma jamoasiga chaqirildi. 12 -oktyabrda Yevro-2024 saralash bosqichi doirasida Kiprga qarshi o'yinda debyut qildi va 63-daqiqada Ole Solbakken o'rniga maydonga tushdi. 2023-yilning 16-noyabrida Norvegiya terma jamoasi safida Farer orollariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida birinchi golini urdi.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, oscar bobb haqida ma’lumot. oscar bobb nima? oscar bobb nimani anglatadi?
