Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Viktor Aleksandrovich Verjbitskiy (1959-yil 21-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet, rus teatr va kino aktyori, teleboshlovchi, Rossiya Federatsiy

Viktor Verjbitskiy

Viktor Aleksandrovich Verjbitskiy (1959-yil 21-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet, rus teatr va kino aktyori, teleboshlovchi, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2011), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.

Viktor Verjbitskiy
ruscha: Ви́ктор Алекса́ндрович Вержби́цкий
Tavalludi 21-sentyabr 1959-yil (1959-09-21) (66 yosh)
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1983-yildan
Mukofotlari
Rossiya xalq artisti

Biografiyasi

1959-yil 21-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Polyak bobosining familiyasini olgan.

Verjbitskiyning soʻzlariga koʻra, uning bolaligi sahna ortida oʻtgan – buvisi teatrda liboslar dizayneri boʻlib ishlagan. Shu bois u kasb tanlash haqida koʻp oʻylamasdi. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutiga oʻqishga kirdi. Sahna dizayni boʻlimida tahsil olgan. 1996-yilda Moskvaga koʻchib oʻtdi va Lvov-Anoxin boshchiligidagi Yangi drama teatriga qabul qilindi.

1998-yildan 2005-yilgacha – Et cetera teatrida aktyor. Pushkin nomidagi Moskva drama teatrida ishlagan.

Ajrashgan. Isroilda Aleksandr ismli oʻgʻli yashaydi.

Mukofotlari

  • Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist.
  • Rossiya Federatsiyasida xizmat koʻrsatgan artist (2004).
  • MTV Russian Movie Awards 2006 – yilning eng yaxshi yovuz qahramoni.
  • MK mukofoti, 2009-yil 25-noyabr.
  • Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2011).

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, viktor verjbitskiy haqida ma’lumot. viktor verjbitskiy nima? viktor verjbitskiy nimani anglatadi?

Yuqori