Farhod Baqoyevich Umarov (1977-yil) oʻzbek moliyachisi va davlat arbobi, 2020-yil 28-avgustdan 2020-yil 7-noyabrgacha Buxoro viloyati hokimi lavozimida ishlagan.
| Farhod Umarov | |
|---|---|
| Mansab davri 2020-yil 28-avgust – 2020-yil 7-noyabr | |
| Oʻtmishdoshi | Karim Kamolov |
| Vorisi | Botir Zaripov |
| Taʼlim | Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya instituti |
| Kasbi | moliyachi |
Tarjimai holi
1977-yilda tug'ilgan. 1999-yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya institutini, 2007-yilda esa Toshkent moliya institutini tamomlagan. Oʻtgan yillar davomida Moliya vazirligining Buxoro viloyati boʻyicha Gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻi, Buxoro viloyati hokimligi moliya boʻlimiga rahbarlik qilgan va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati. 2017-yildan buyon viloyat hokimining moliya-iqtisodiy masalalar va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2020-yil 28-avgustdan 2020-yil 7-noyabrgacha Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajargan.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, farhod umarov haqida ma’lumot. farhod umarov nima? farhod umarov nimani anglatadi?

