Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Guli Razzoqovna Hamroyeva (02.12.1946, Toshkent — 16.04.2023) — balerina, baletmeyster, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1983). Razzoq Hamroyevnnj qizi. 1966-

Guli Hamroyeva

Guli Razzoqovna Hamroyeva (02.12.1946, Toshkent — 16.04.2023) — balerina, baletmeyster, pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1983). Razzoq Hamroyevnnj qizi. 1966-yil Toshkent xoreografiya bilim yurtining "balet artistkasi" ixtisosligi, 2001-yil Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabining "baletmeyster-rejissyor" ixtisosligi boʻyicha tugatgan. 1966-yildan Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatrida avval balet raqqosasi, 2000-2002-yillar balet direktori, 2002-yildan pedagogrepetitor. 2002-yildan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabining rek-tori. "Boqchasaroy favvorasi" (Zare-ma), "Don Kixot" (Kitri), "Esmeral-da" (Esmeralda), "Spartak" (Egina), "Sevgi tumori" (Chundari), "Jizel" (Mirta), "Oqqush koʻli" (Oqqush va ispancha raqs), "Zolushka" (Ugay ona), "Ispan miniatyuralari" (Ispan qiz), "Kar-men" (Karmen), "Korsar" (Gulnora), "Nasriddin sarguzashtlari" (Nasrid-dinning xotini), "Kleopatra" (Kle-opatra), "Jonlangan miniatyuralar" (Kanizak) kabi spektakllarda asosiy rollarni ijro etgan. Lirizm, psixo-logik teranlik, nafis harakat, xoreografik imo-ishora va harakatlarda u noyob uygʻunlikka erishdi. Raqqo-saning inson hissiyotlari, ichki kechinmalarini raqs harakatlarida mohirona yetkazishida oʻziga xos tahlili koʻzga tashlanadi. "Dilorom" (Di-lorom), "Semurg" (Parizod) kabi filmlarda suratga tushgan. H. hayoti va ijodiga bagʻishlangan "Bolero" hujjatli filmi ishlangan (1995).

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, guli hamroyeva haqida ma’lumot. guli hamroyeva nima? guli hamroyeva nimani anglatadi?

Yuqori