Prokopis Pavlopoulos (grekcha: Προκόπης Παυλόπουλος, 10-iyul 1950-yil, Kalamata) – 2015-yil 13-martdan 2020-yil 13-martgacha Gretsiya prezidenti.
| Prokopis Pavlopoulos | |
|---|---|
Προκόπης Παυλόπουλος | |
![]() | |
| Mansab davri 2015-yil 13-martdan – 2020-yil 13-martgacha | |
| Hukumat boshligʻi | Alexis Tsipras |
| Oʻtmishdoshi | Karolos Papoulias |
| Vorisi | Katerina Sakellaropoulou |
| Gretsiya ichki ishlar vaziri | |
| Mansab davri 2007-yil 19-sentyabrdan – 2009-yil 11-sentyabrgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Spiridon Flougaitis |
| Vorisi | Spiridon Flougaitis |
| Gretsiya davlat ma’muriyati vaziri | |
| Mansab davri 2004-yil 10-martdan – 2007-yil 24-avgustgacha | |
| Oʻtmishdoshi | Nikolaus-Mikail Alivizatos |
| Vorisi | Spiridon Flougaitis |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 10-iyul 1950-yil Kalamat |
| Mukofotlari | |
Biografiyasi
Prokopis Pavlopulos Kalamatada oʻrta maktab direktori va oʻqituvchisi oilasida tugʻilgan, shu shaharda oʻsgan. 1968-yilda Afina universitetining huquq fakultetiga oʻqishga kirdi.
1975-yilda hukumat stipendiyasi bilan Parij Panteon-Assas universitetida davlat huquqi boʻyicha doktorlik darajasini oldi. Keyin Gretsiyaga qaytib, Gretsiya armiyasida harbiy xizmatni oʻtadi (1978–79). 1980-yilda Afina universitetida oʻqituvchi boʻlgan. 1986-yilda esa dotsent lavozimiga koʻtarildi. 1989-yilda maʼmuriy huquq kafedrasi professori etib saylandi. 1986-yilda Pavlopulos Panteon-Assas universitetining yordamchi oʻqituvchisi edi.
1996-yilgi parlament saylovlarida Yangi Demokratiya partiyasidan parlament aʼzosi etib saylangan. 2000-yilgi parlament saylovlarida Afina A saylov okrugidan deputat etib saylangan. 1996-yil 20-aprelda Evert tomonidan Yangi Demokratiyaning Matbuot va Axborot kotibi etib tayinlangan. 2000-yil 14-aprelda uning Parlament matbuot kotibi boʻldi. 2000, 2004, 2007, 2009 va 2012-yillardagi saylovlarda ketma-ket qayta saylangan.
2004-yil mart oyida oʻtkazilgan „Yangi demokratiya“ gʻalaba qozongan saylovlardan soʻng Pavlopulos 10-mart kunida Bosh vazir Kostas Karamanlisning yangi hukumatida Ichki ishlar, davlat boshqaruvi va markazsizlashtirish vaziri boʻldi. 2007-yil sentabrdagi parlament saylovlarida „Yangi demokratiya“ gʻalaba qozonganidan keyin tayinlangan hukumatda Ichki ishlar vazirligi Jamoat tartibini saqlash vazirligi bilan birlashtirildi. Pavlopoulos ichki ishlar va jamoat tartibi vaziri boʻldi.
17 fevral kuni Bosh vazir Aleksis Tsipras prezidentlik saylovlarida hukmron Syriza – ANEL koalitsiyasining Gretsiya prezidenti lavozimiga nomzodi sifatida Pavlopulosni koʻrsatdi. 2015-yil 18-fevralda Syriza, ANEL va oʻzining „Yangi demokratiya“ partiyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlangan Pavlopulos Gretsiya parlamenti tomonidan 233 ovoz bilan Gretsiyaning prezidenti etib saylandi. 2015-yil 13-martda Karolos Papulyasning vakolat muddati tugagandan soʻng oʻrnini egalladi.
Oilasi
Vlassia Pavlopoulou-Peltsemi bilan turmush qurgan, ularning ikkita qizi: Mariya va Zoe, bir oʻgʻli Vasilis bor.
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, prokopis pavlopoulos haqida ma’lumot. prokopis pavlopoulos nima? prokopis pavlopoulos nimani anglatadi?


