Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Katerina Sakellaropoulou(1956-yil 30-mayda tugʻilgan) — yunon sudyasi.2020-yil 13-martdan beri 2025-yil 13-martgacha Gretsiya prezidenti.U Yunoniston parlamenti

Katerina Sakellaropoulou

Katerina Sakellaropoulou(1956-yil 30-mayda tugʻilgan) — yunon sudyasi.2020-yil 13-martdan beri 2025-yil 13-martgacha Gretsiya prezidenti.U Yunoniston parlamenti tomonidan 2020-yil 22-yanvarda Prokopis Pavlopulosning oʻrniga saylangan. Sakellaropoulou prezident etib saylanishidan oldin Yunonistonning oliy maʼmuriy sudi boʻlgan Davlat kengashi prezidenti lavozimida ishlagan.U mamlakatning birinchi ayol prezidenti hisoblanadi.

Katerina Sakellaropoulou

Biografiyasi

Sakellaropoulou Saloniki shahrida tugʻilgan.Uning otasi Nikolaos Sakellaropoulos, Gretsiya Oliy sudining sobiq vitse-prezidenti.Onasi esa Aliki Paraskevadir.Uning oilasi Ksanti prefekturasidagi Stavroupoli shahridan.U Afina Milliy va Kapodistrian universitetida huquq fakultetida tahsil olgan va Parij II Pantheon-Assas universitetida davlat huquqi boʻyicha aspiranturani tamomlagan.1980-yillarning oʻrtalarida u Davlat kengashi aʼzoligiga qabul qilindi va 2000-yilda maslahatchi lavozimiga koʻtarildi.2015-yil oktyabr oyida u Davlat kengashi vitse-prezidenti etib tayinlandi va 2018-yil oktyabr oyidagi ovoz berish natijalariga koʻra u bir ovozdan sudning birinchi ayol prezidenti etib saylandi.U Davlat Kengashining Sud hokimiyati xodimlari uyushmasi aʼzosi. Assotsiatsiyadagi faoliyati davomida u bosh kotib (1985-1986), vitse-prezident (2006-2008) va prezident (1993-1995, 2000-2001) lavozimlarida ishlagan.

Gretsiya prezidenti

2020-yil 15-yanvarda Gretsiya bosh vaziri Kiriakos Mitsotakis uni Yunoniston Respublikasi prezidenti lavozimiga nomzodini ilgari surdi, bu lavozimga u 2020-yil 22-yanvarda parlamentdagi 300ta deputatdan 261tasi uning nomzodini yoʻqlab ovoz berdi.Shundan soʻng u Gretsiya prezidenti lavozimini egalladi.

Shaxsiy hayoti

Sakellaropulou advokat Pavlos Kotsonis bilan birga oila qurgan.Uning oldingi turmushidan bitta farzandi bor.

Unvonlari

Milliy unvonlari

  •   Gretsiya:
    •   Grand Commander and Grand Cross of the Order of the Redeemer (2020-yil 13 mart)
    •   Grand Commander of the Order of Honour
    •   Grand Commander of the Order of the Phoenix
    •   Grand Commander of the Order of Beneficence

Xalqaro unvonlari

  •   Kipr:
    •   Grand Collar of the Order of Makarios III (2020-yil 21-sentyabr)
  •   Italiya:
    •   Knight Grand Cross with Collar of the Order of Merit of the Italian Republic (2020-yil 6-oktyabr)
  •   Misr:
    •   Grand Collar of Order of the Nile (2020-yil 11-sentyabr)
  •   Sloveniya:
    •   Member of the Order for Exceptional Merits (2021-yil)
  •   Portugaliya:
    •   Grand Collar of the Order of Prince Henry (2022-yil 28-mart)
  •   Belgiya:
    •   Grand Cordon of the Order of Leopold (2022-yil 2-may)
  •   Slovakiya:
    •   Grand Cross of the Order of the White Double Cross (2022-yil 6-sentyabr)

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, katerina sakellaropoulou haqida ma’lumot. katerina sakellaropoulou nima? katerina sakellaropoulou nimani anglatadi?

Yuqori