Lucas Fransua Bernard Hernandez (fransuzcha: [lukas ɛʁnɑ̃dɛz, - ɛʁnandɛs] 1996-yil 14-fevralda tugʻilgan) – fransuz professional futbolchisi, Bundesliganing „Bavariya“ klubi va Fransiya terma jamoasida chap qanot va markaziy himoyachi ampulasida oʻynaydi.
![]() Ernandes 2022-yilda Bayern Munichda o‘ynamoqda | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Lucas François Bernard Hernandez | ||
| Tavallud sanasi | 14-fevral 1996-yil | ||
| Tavallud joyi | Marsel, Fransiya | ||
| Boʻyi | 1.82 m | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paris Saint-Germain | ||
| Raqami | 21 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2002—2007 | Rayo Majadahonda | ||
| 2007—2014 | Atlético Madrid | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2014—2015 | Atlético Madrid B | 21 | (1) |
| 2014—2019 | Atlético Madrid | 67 | (1) |
| 2019—2023 | Bayern Munich | 74 | (0) |
| 2023— | Paris Saint-Germain | 43 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2012 | Fransiya U16 | 1 | (0) |
| 2014 | Fransiya U18 | 2 | (0) |
| 2014—2015 | Fransiya U19 | 13 | (0) |
| 2015 | Fransiya U20 | 3 | (0) |
| 2016—2017 | Fransiya U21 | 9 | (0) |
| 2018— | Fransiya | 37 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 1-iyun uchun) | |||
Ernandes oʻz faoliyatini "Atletiko Madrid" klubida boshlagan, u yerda u 100 dan ortiq oʻyinlarda maydonga tushib, 2016-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan. Shuningdek, 2018-yilgi Yevropa ligasi va Superkubogi sohibi boʻlgan. U 2019-yilda „Bavariya“ bilan shartnoma imzoladi va oʻzining birinchi mavsumidayoq Bundesliga, DFB-Pokal va Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi. Ernandes 2018-yildan beri fransuz termasi futbolchisi, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham gʻolib boʻlgan va UEFA Yevro-2020da ham ishtirok etgan.
Klubdagi faoliyati
Atletiko Madrid
Otasi Jan-Fransua Ernandes „Olimpik Marsel“da oʻynab yurgan paytida Ernandes toʻrt yoshida Ispaniyaga koʻchib oʻtdi (u fransuz tilida biroz ispancha aksent bilan gapiradi) va „ Atletiko Madrid“ jamoasiga kelib qoʻshildi. 2013-yilning 9-noyabrida murabbiy Diego Simeone tomonidan Ernandes La Liganing „Vilyarreal“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushirildi, ammo ertasi kuni mehmondagi 1:1 hisobidagi oʻyinda unga imkon berilmadi.
Ernandes asosiy tarkibdagi debyutini 2014-yil 26-aprelda oʻtkazdi va Segunda B divizionida „Real Sosedad B“ga qarshi safarda 0:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi. Mavsum davomida u yana uchta oʻyinda maydonga tushdi, chunki ularda quyi ligaga tushib ketish xavfi deyarli yoʻq edi. Natijada Lukas klub bilan 2018-yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi.
Ernandes 2014-yil 3-dekabrda jamoadagi birinchi debyutini oʻtkazdi va Ispaniya Kubogida CE L’Hospitalet ustidan 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozonib, toʻliq 90 daqiqa davomida oʻynadi. Uning Ispaniya yuqori ligasidagi ilk uchrashuvi Bilbaoning „Atletik''iga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda roʻy berdi. U oʻsha oʻyinda Guilherme Siqueiraning oʻrniga kechroq maydonga tushirildi.
2015-16-yilgi mavsum
2015-yilning 10-avgustida Ernandes shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirdi va yakunda asosiy tarkibga koʻtarildi. Uning UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk uchrashuvi 2016-yilning 15-martida boʻlib oʻtdi. PSV Eyndxovenga qarshi 1/8 final uchrashuvining qoʻshimcha boʻlimida jarohat olgan Diego Godin oʻrniga aynan u tushirildi (120 daqiqadan soʻng 0:0, penaltilar seriyasida 8:7 hisobida gʻalaba qozondi). 28-may kuni San-Siroda “Real Madrid" ga magʻlub boʻlgan finalda ham ishtirok etdi.
2016-17-yilgi mavsum
2016-yilning 6-avgustida, Ernandes „Atletiko“ bilan shartnomasini 2020-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi. U 2016-17 yilgi mavsumda Atletiko safida kerakli oʻyinchilardan biri edi va mavsum davomida barcha musobaqalarda 22 uchrashuvda maydonga tushgan boʻlsa, shularning 20tasini asosiy tarkibda boshladi.
2017-18-yilgi mavsum
2017-18-yilgi mavsumda Ernandes jamoaning asosiy aʼzosi boʻldi, chunki u barcha musobaqalarda 44 ta oʻyinda maydonga tushdi. „Atletiko“ 2018-yilgi UEFA Yevropa ligasi finaliga chiqib, Fransiyaning Marsel klubiga qarshi oʻynadi va yakunda 3:0 hisobida gʻalabaga erishdi, bu, oʻz navbatida, Ernandes uchun birinchi xalqaro sovrin edi.
2018-19-yilgi mavsum
Ernandes professional futbolchi sifatida ilk golini 2019-yilning 19- yanvarida „SD Huesca“ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi.
2019-yilning 27-martida, „Atletiko“ Lukas Ernandes 2019-yil yozida klubni tark etishini tasdiqladi. „Atletiko“ Ernandesga shartnomani uzaytirishni taklif qildi, ammo u Bundesliganing „Bavariya“ klubi bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. „Atletiko“ nemis klubi Ernandesning tovon pulini 80 million yevroga faollashtirganini aytdi. Myunxenning „Bavariya“ klubi tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganda, Ernandesning oʻng tizzasidagi medial tanglay bogʻlamining shikastlanishi aniqlangan. 2019-yil 28-mart kuni Ernandes oʻng tizzasini muvaffaqiyatli operatsiya qildi. Operatsiya Ernandesning „Atletiko“dagi mavsumini yakunlashiga olib keldi.
Ernandes La Ligada 14 ta, barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.
2019-yil 12-oktabr kuni Ernandesning „Atletiko“dagi sobiq bosh murabbiyi Diego Simeone Marca nashriga bergan intervyusida chap qanot himoyachisining „Bavariya“ga ketishi „Atletiko“ga katta zarar yetkazganini aytdi: "Bizni eng koʻp xafa qilgan narsa bu Lukas edi. „Atletiko“ni bir vaqtning oʻzida tark etib, „Barselona“ga oʻtgan Antuan Grizmanndan ham koʻproq u muhim oʻyinchi edi.
Bavariya
2019-yilning 27-martida „Bavariya“ Ernandes 2019-yilning 1-iyulida 80 million yevro evaziga klubga oʻtishini eʼlon qildi va u bilan 2024-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi. U 10-avgust kuni DFB-Pokalda Energie Kottbusga qarshi birinchi davra oʻyinida „Bavariya“ safida 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 2020-yil 23-avgust kuni „Bavariya“ jamoadoshlari bilan Ernandes Chempionlar ligasi gʻolibiga aylandi.
2020-yil 3-noyabrda Ernandes UEFA Chempionlar ligasining 2020-21 -yilgi mavsumida „Red Bull Zalsburg“ ustidan 6:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda „Bavariya“ safidagi ilk golini kiritdi.
Xalqaro faoliyati
Ernandes 2012-yilning 6-martida Fransiya terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi va 16 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida Covercianoda Italiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:1) toʻliq 90 daqiqa oʻynadi. 2014-yilda u 18 va 19 yoshgacha boʻlgan jamoalar safida ham maydonga tushdi. Keyingi yili u oʻz oʻyinlari bilan 2015-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi.
2018-yilning mart oyida Ernandes murabbiy Dide Desham tomonidan Kolumbiya va Rossiya bilan oʻrtoqlik oʻyinlari uchun terma jamoaga chaqirildi. U Parijdagi 2:3 hisobidagi magʻlubiyatning soʻnggi 14 daqiqasida Lukas Digne oʻrniga maydonga tushib, oʻz debyutini amalga oshirdi.
Ernandes 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoa tarkibidan joy oldi. U musobaqadagi debyutini 16-iyun kuni Avstraliyaga qarshi (2:1) oʻtkazdi va Fransiyaning turnir davomidagi yettita oʻyinidan oltitasida toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
2021-yil oktabr oyida Belgiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi yarim finali oldidan Lukas birinchi marta ukasii Teo bilan Dide Deshamdan milliy terma jamoaga chaqiruv oldi. Keyinroq ikkalasi 3-4-1-2 sxemasida mos ravishda chap qanot yarim himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushishdi. Teo 90-daqiqada gʻalaba toʻpini kiritdi. Ernandes 2022-yilgi Jahon chempionati oldidan Fransiya terma jamoasiga chaqirildi, biroq Avstraliyaga qarshi guruhdagi birinchi oʻyin boshida tizzasidan jarohat oldi va turnirda ishtirok eta olmaydigan boʻldi.
Shaxsiy hayoti
Ernandesning otasi Jan-Fransua ham markaziy himoyachi edi. U asli ispan va Atletiko Madrid safida ham oʻynagan. Ernandesning ukasi Teo ham shu klubda tarbiyalangan va xuddi shu pozitsiyada oʻynagan. 2018-yil oktabr oyida Marca nashriga bergan intervyusida u oilasi otasidan 12 yoki 13 yil davomida xabar olmaganini aytdi. 2022-yilda fransuzning L'Équipe gazetasi 2004-yilda bedarak yoʻqolgan Jan-Fransua Tailandda yashayotganini va uning sobiq sherigi tomonidan bolalarini koʻrishga qonuniy ravishda toʻsiq qoʻygani aniqlangan.
2017-yil 3-fevralda Ernandes qiz doʻstiga zoʻravonlikda ayblanib, hibsga olingan. Ernandes va uning qiz doʻsti Ameliya Llorente ham 31 kunlik jamoat ishlariga joʻnatildi.
Ernandes oʻsha yilning iyun oyida Llorente bilan asal oyidan qaytib, Madridga birga qoʻnganidan soʻng, cheklov tartibini buzgani uchun yana hibsga olingan. Ushbu qoidabuzarlik uchun 2021-yil 13-oktabrda Ernandes Ispaniya sudi tomonidan olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq u apellyatsiya berdi va uning oʻrniga toʻrt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi va 96 000 yevro jarima toʻlashga majbur boʻldi.
Faoliyatidagi statistikasi
Klub
- 2022-yilning 12-noyabrigacha boʻlgan o'yinlar
| Klub | Mavsumlar | Liga | Musobaqa | Yevropa | Boshqa | Umumiy | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizionlar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Atlético Madrid | 2014-15 | La Liga | 1 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 |
| 2015-16 | La Liga | 10 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | — | 16 | 0 | ||
| 2016-17 | La Liga | 15 | 0 | 5 | 0 | 4 | 0 | — | 24 | 0 | ||
| 2017-18 | La Liga | 27 | 0 | 6 | 0 | 11 | 0 | — | 44 | 0 | ||
| 2018-19 | La Liga | 14 | 1 | 2 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 22 | 1 | |
| Umumiy | 67 | 1 | 18 | 0 | 24 | 0 | 1 | 0 | 110 | 1 | ||
| Bayern Munich | 2019-20 | Bundesliga | 19 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 25 | 0 |
| 2020-21 | Bundesliga | 23 | 0 | 1 | 0 | 8 | 1 | 5 | 0 | 37 | 1 | |
| 2021-22 | Bundesliga | 25 | 0 | 1 | 0 | 8 | 0 | 0 | 0 | 34 | 0 | |
| 2022-23 | Bundesliga | 7 | 0 | 1 | 0 | 2 | 1 | 1 | 0 | 11 | 1 | |
| Umumiy | 74 | 0 | 6 | 0 | 23 | 2 | 4 | 0 | 107 | 2 | ||
| Umumiy koʻrsatkich | 141 | 1 | 24 | 0 | 47 | 2 | 5 | 0 | 217 | 3 | ||
- Three appearances in UEFA Champions League, eight appearances in UEFA Europa League
- Appearance in UEFA Super Cup
- One appearance in UEFA Super Cup, one appearance in DFL-Supercup, one appearance in FIFA Club World Cup
- Appearance in DFL-Supercup
Xalqaro
- 2022-yilning 22-noyabrigacha boʻlgan o'yinlar
| Milliy terma jamoa | Yillar | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Fransiya | 2018 | 15 | 0 |
| 2019 | 2 | 0 | |
| 2020 | 5 | 0 | |
| 2021 yil | 8 | 0 | |
| 2022 | 3 | 0 | |
| Jami | 33 | 0 | |
Yutuqlari
Atletiko Madrid
- UEFA Europa League: 2017-18
- UEFA Super Cup: 2018
- UEFA Champions League runner-up: 2015-16
Bavariya
- Bundesliga: 2019-20, 2020-21, 2021-22
- DFB-Pokal: 2019-20
- DFL-Supercup: 2020, 2022
- UEFA Champions League: 2019-20
- UEFA Super Cup: 2020
- FIFA Club World Cup: 2020
Fransiya
- FIFA Jahon chempionati : 2018
- UEFA Millatlar ligasi : 2020-2021
Shaxsiy sovrinlar
- 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi (2015).
Eslatmalar
- Appearances in UEFA Champions League
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, lucas hernandez haqida ma’lumot. lucas hernandez nima? lucas hernandez nimani anglatadi?
