Florian Tristan Mariano Thauvin (1993-yil 26-yanvarda tugʻilgan) – fransiyalik professional futbolchi, „Tigres UANL“ jamosi qanot himoyachisi.
![]() Thauvin Fransiya terma jamoasi safida, 2018-yilgi jahon chempionatida | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Florian Tristan Mariano Thauvin | ||
| Tavallud sanasi | 26-yanvar 1993-yil | ||
| Tavallud joyi | Orléans, Fransiya | ||
| Boʻyi | 1.79 m | ||
| Ampluasi | Vinger | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Tigres UANL | ||
| Raqami | 26 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2000—2005 | Ingre | ||
| 2005—2007 | Saint-Jean-de-la-Ruelle | ||
| 2007—2008 | Orléans | ||
| 2008—2011 | Grenoble | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2011 | Grenoble | 3 | (0) |
| 2011—2013 | Bastia | 45 | (10) |
| 2013—2015 | Marseille | 69 | (13) |
| 2015—2017 | Newcastle United | 13 | (0) |
| 2016—2017 | → Marseille | 52 | (17) |
| 2017—2021 | Marseille | 106 | (46) |
| 2021—2023 | Tigres UANL | 38 | (8) |
| 2023— | Udinese | 59 | (10) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2011 | Fransiya U18 | 2 | (0) |
| 2012 | Fransiya U19 | 2 | (0) |
| 2012—2013 | Fransiya U20 | 16 | (7) |
| 2013—2014 | Fransiya U21 | 10 | (7) |
| 2021 | Fransiya olimpiya | 4 | (0) |
| 2017—2019 | Fransiya | 10 | (1) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (17-oktyabr uchun) | |||
2011-yilda Grenoble klubi safida oʻzining professional debyutini oʻtkazdi va keyinchalik „Bastia“ jamoasi safiga oʻtdi, u yerda oʻzining birinchi mavsumida Liga 2 chempionligini qoʻlga kiritdi. Bir yildan soʻng yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi. Keyinchalik 15 million yevro evaziga „Marseille“ klubi safiga koʻchib oʻtdi. 281 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi.Premier liganing Newcastle United klubida ikki mavsumda 86 gol urdi.
Thauvin 2013-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida gʻolib boʻlgan 18 yoshdan 21 yoshgacha boʻlgan Fransiya terma jamoasi safida 30 oʻyin oʻtkazdi va 14 ta gol urdi. 2017-yil iyun oyida, oʻzining katta debyutini oʻtkazdi va 2018-yilgi FIFA Jahon kubogida terma jamoa safida maydonda harakat qildi va turnirda goʻlib boʻldi.
Klublardagi faoliyati
Dastlabki faoliyati
Orleans shahrida tugʻilgan Thauvin Ingre, Saint-Jean-de-la-Ruelle, Orleans va Grenoble shaharlari yoshlar jamoalarida oʻynagan va undan keyin ikkinchi darajaga koʻtarilgan va yirik klublarning qiziqishini uygʻotgan. 2011-yil 11-mart kuni „Vannes“ klubiga qarshi Liga 2 uchrashuvida (1:1) „Grenoble“ jamoasidagi ilk debyutini oʻtkazdi.
Bastia
2011-yil 19-iyulda, Thauvin klubni tark etdi va Corsicaning shahrining „Bastia“ jamoasi bilan birinchi professional shartnomasini imzoladi. 2012-yil 28-oktabrda „Bordeaux“ jamoasi ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda jamoasi safidagi ilk golini kiritdi. 2012-yilda jamoasi bilan Liga 2 chempionligini qoʻlga kiritdi.
2013-yilning 29-yanvarida Liga 1 ning Lille klubi bilan 3,5 million yevro evaziga toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi. Shartnomaning bir qismi sifatida u darhol Bastiaga olti oylik ijara shartnomasi asosida qaytarildi. Oʻsha mavsumdagi ajoyib oʻyinlaridan soʻng, Thauvin Liga 1da yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi deb topildi.
Marseille
2013-yil 3-sentabrda, bir necha hafta davom etgan muzokaralardan soʻng, Thauvin „Olympique de Marseille“ klubi bilan besh yillik shartnoma imzoladi. 20 yoshli futbolchi shartnomani yaxshilash boʻyicha kelishmovchiliklar tufayli mashgʻulotlarda qatnashmadi.
2015-yil 4-yanvar kuni Thauvin Fransiya kubogi 1/8 finalida, „Grenoble“ klubi bilan kechgan bahsda penaltilar seriyasini noaniq amalga oshirishi tufayli uning jamoasi musobaqani erta tark etdi. Ikki mavsum davomida 81 ta oʻyinda maydonga tushib, 15 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
2015-yil 19-avgustda, Thauvin Newcastle United klubi safiga 15 million funt sterling evaziga besh yillik shartnoma asosida borib qoʻshildi. Uch kundan soʻng oʻzining debyutini Old Trafford stationida, Manchester United jamoasiga qarshi oʻtkazdi. 25-avgust kuni Liga kubogining 2-bosqichida „Northampton Town“ jamoasiga qarshi oʻyinda (4:1) 1 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Thauvin „Newcastle“ning barcha vaqtlardagi eng yaxshi toʻpurari Alan Shearer tomonidan oʻyinga smoking kiyib kelgani uchun tanqid qilindi. 2016-yil fevral oyida L'Équipe nashriga tanqidlar adolatsiz ekanligini va uning faoliyatiga taʼsir qilganini aytdi.
Marseillega qaytish
2016-yilning 31-yanvarida, Newcastle Thauvin mavsumning qolgan qismida ijara asosida „Marseille“ga qaytishini eʼlon qildi. 20-aprel kuni, birinchi golini „Sochaux-Montbeilard“ klubiga qarshi Fransiya kubogi yarim final oʻyinida kiritdi. Finalda esa Le Classique raqibi Paris Saint-Germain jamoasiga qarshi oʻyinda uning jamoasi 4:2 hisobida magʻlub boʻldi.
2016-yilning 4-avgustida, Thauvin „Marseille“ bilan mavsumiy ijara shartnomasini imzoladi. 2016-yilning noyabrida, ijara muddati 2017-yilning yozida doimiy boʻlishi, uning mavsumda atigi uchta oʻyinda maydonga tushganligi sababli uning transfer narxi 9,8 million funt sterling deb belgilandi.
Thauvin ilk marta 2016-2017-yilgi mavsumda Fransiya kubogi 64-raundida „Toulouse“ klubiga qarshi safar oʻyinida jamoasi bilan 2:1 hisobida gʻalaba qozongan edi. 10-mart kuni „Angers“ klubiga qarshi oʻyinda (3:0) ikkita gol urdi va Liga 1ning soʻnggi toʻrtta oʻyinida urgan gollari sonini toʻrttaga yetkazdi. Uchta gol va ikkita golli uzatma bilan UNFP nashri tomonidan mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 30-aprel kuni oʻzining faoliyatidagi ilk xet-trikini qayd etdi. „Caen“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda (1:5) Maxime Lopezning bir goliga assistentlik qildi.
2018-yilning 2-fevralida Thauvin „Metz“ jamoasiga qarshi oʻyinda (6:3) yana bir xet-trik qayd etdi. Noyabr va fevral oylarida oyning eng yaxshi oʻyinchisi sovrinini qoʻlga kiritdi. 2017-2018-yilgi mavsumni 22 ta gol bilan yakunladi. Mavsumning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun toʻrtta nomzodlar qatoriga kirdi, yakunda esa gʻoliblik Neymarga nasib etdi.
2018-2019-yillarda Thauvin 33 oʻyinda 16 ta gol urdi, biroq uning jamaosi yakunda beshinchi oʻrinni egallab, UEFA Chempionlar Ligasiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmadi. 25-noyabr kuni „Amiens“ jamoasiga qarshi oʻyinda (3:1) xet-trik qayd etdi. Ikki oydan soʻng Lille klubiga qarshi magʻlub boʻlgan oʻyinda (1:2) qizil kartochka oldi. 2019-yil sentabr oyida oyoq bilagi ligamentlari jarohati tufayli safdan chiqdi. 2020-yil 13-sentabrda Thauvin „Paris Saint-Germain“ klubiga qarshi safardagi oʻyinda gʻalaba golini kiritdi va bu uning jamoasiga 2011-yil noyabridan beri Le Klassikdagi ilk gʻalabasini taqdim etdi.
Tigres UANL
2021-yil 7-may kuni, Thauvin Meksikaning „Tigres UANL“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2021-yil iyun oyida „Marseillle“ bilan shartnomasini tugatganidan soʻng, klubga qoʻshildi va sobiq jamoadoshi Andre-Pierre Gignac bilan birga maydonda harakat qildi. 2020-yilgi Tokio Yozgi Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etganidan soʻng, Tigresdagi debyutini 2021-yil 7-avgust kuni „Santos Lagun“ jamoasiga qarshi oʻtkazdi.
Terma jamoadagi faoliyati
Yoshlar
Thauvin Fransiya U18, U19, U20, U21 yoshlar futbol jamoasida doimiy harakat qilgan. Turkiyada boʻlib oʻtgan 2013-yilgi 20 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida mamlakati bilan ishtirok etgan. Musobaqaning chorak final bosqichida Oʻzbekistonga qarshi oʻyinda gol kiritgan.
Milliy terma jamoa
Thauvin 2017-yilning 25-martida JCh-2018 saralash bosqichi doirasida Lyuksemburg va Ispaniya bilan oʻrtoqlik oʻyini uchun birinchi marta Fransiya terma jamoasi tarkibiga chaqirildi. Ikkala oʻyinda ham maydonga tushmadi. 2017-yilning 2-iyunida Les Bleus safida Paragvayga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (5:0) debyut qildi va 80-daqiqada Antoine Griezmanning oʻrniga maydonga tushdi.
Thauvin 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha jahon chempionati uchun Fransiyaning 23 kishilik tarkibga kiritildi. Bosh murabbiy Didier Deschamp uni faqatgina 1/8 final bosqichidan oʻrin olgan Argentina jamoasiga qarshi oʻyinda (4:3) Kylian Mbappe oʻrniga zaxiradan maydonga tushirdi.
2019-yil 11-iyun kuni, UEFA Yevro 2020 saralash bosqichida Andorra ustidan 4:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda, oʻzining debyut golini kiritdi.
Thauvin Fransiya olimpiya terma jamoasining 2020-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtadigan turnirida qatnashadigan uchta katta yoshli oʻyinchilardan biri edi. Yana bir oʻyinchi uning „Tigres“dagi jamoadoshi Andre-Pierre Gignac edi.
Oʻyin uslubi
2014-yilning yanvarida Thauvin The Observer nashri tomonidan Yevropaning eng istiqbolli yosh oʻyinchilari oʻntaligiga kiritildi. „Toulouse“ klubining sobiq bosh murabbiyi Alain Casanova uni „Franck Riberynikiga oʻxshash oʻyin uslubiga ega, maydonda har qanday raqibga muammo boʻla oladigan, tezkor, kuchli oʻyinchi“, deb taʼrifladi.
Faoliyatidagi statistikasi
Klub
- 2022-yilning 16-oktabrigacha bo'lgan o'yinlar
| Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Mintaqaviy | Boshqa | Jami | |||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizyon | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Grenoble | 2010-11 | Ligue 2 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 3 | 0 | ||
| Bastia | 2011-12 | Ligue 2 | 13 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | — | — | 15 | 0 | ||
| 2012-13 | Ligue 1 | 32 | 10 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | — | 35 | 10 | |||
| Jami | 45 | 10 | 3 | 0 | 2 | 0 | — | — | 50 | 10 | ||||
| Marseille | 2013-14 | Ligue 1 | 31 | 8 | 2 | 1 | 2 | 0 | 6 | 1 | — | 41 | 10 | |
| 2014-15 | Ligue 1 | 36 | 5 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | — | 38 | 5 | |||
| 2015-16 | Ligue 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 2 | 0 | |||
| Jami | 69 | 13 | 3 | 1 | 3 | 0 | 6 | 1 | — | 81 | 15 | |||
| Newcastle United | 2015-16 | Premier League | 13 | 0 | 1 | 0 | 2 | 1 | — | — | 16 | 1 | ||
| Marseille (loan) | 2015-16 | Ligue 1 | 14 | 2 | 4 | 2 | — | 2 | 0 | — | 20 | 4 | ||
| 2016-17 | Ligue 1 | 38 | 15 | 3 | 0 | 2 | 0 | — | — | 43 | 15 | |||
| Marseille | 2017-18 | Ligue 1 | 35 | 22 | 3 | 0 | 1 | 0 | 15 | 4 | — | 54 | 26 | |
| 2018-19 | Ligue 1 | 33 | 16 | 1 | 0 | 0 | 0 | 3 | 2 | — | 37 | 18 | ||
| 2019-20 | Ligue 1 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 2 | 0 | |||
| 2020-21 | Ligue 1 | 36 | 8 | 1 | 0 | — | 6 | 0 | 1 | 0 | 44 | 8 | ||
| Jami | 158 | 63 | 12 | 2 | 3 | 0 | 26 | 6 | 1 | 0 | 200 | 71 | ||
| Tigres UANL | 2021-22 | Liga MX | 28 | 5 | — | — | — | — | 28 | 5 | ||||
| 2022-23 | Liga MX | 10 | 3 | — | — | — | — | 10 | 3 | |||||
| Jami | 38 | 8 | — | — | 0 | 0 | 0 | 0 | 38 | 8 | ||||
| Umumiy koʻrsatkich | 326 | 94 | 19 | 3 | 10 | 1 | 32 | 7 | 1 | 0 | 388 | 105 | ||
Terma jamoa safida
- 2019-yilning 11-iyunigacha bo'lgan o'yinlar
| Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Fransiya | 2017 | 2 | 0 |
| 2018 | 5 | 0 | |
| 2019 | 3 | 1 | |
| Jami | 10 | 1 | |
- 2019-yil 11-iyungacha boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra,
- Fransiya ochkolari birinchi boʻlib roʻyxatga olinadi, hisoblar ustuni Thauvinning har bir golidan keyingi ochkoni koʻrsatadi:
| No. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
|---|---|---|---|---|---|---|
| 1 | 2019- yil 11- iyun | Estadi Nacional, Andorra-la Vella, Andorra | Andorra | 3-0 | 4-0 | UEFA Yevro 2020 saralashi |
Yutuqlari
Bastia
- Liga 2: 2011-12
Marseille
- UEFA Yevropa Ligasida ikkinchi oʻrin sohibi: 2017-18
Fransiya U20
- FIFA U-20 Jahon chempionati chempioni: 2013
- FIFA Jahon chempionati chempioni: 2018
Shaxsiy
- UNFP tomonidan Ligue 1da yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2012-2013
- UNFP tomonidan Ligue 1da oyning eng yaxshi futbolchisi: 2017-yil mart, 2017-yil noyabr, 2018-yil yanvar
Eslatmalar
- Appearance(s) in the UEFA Champions League
- Appearance(s) in the UEFA Europa League
- Appearance in the Trophée des Champions
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, florian thauvin haqida ma’lumot. florian thauvin nima? florian thauvin nimani anglatadi?
