Televizion trubka - televizion tasvirni uzatish va qabul qilishda ishlatiladigan elektronnurli asbob. Uzatuvchi va qabul qiluvchi turlarga boʻlinadi. Uzatuvchi Televizion trubka optik tasvirni elektr televizion signallarga aylantirib beradi. Signallarga aylantirish tamoyiliga koʻra, zaryadni yigʻmasdan uzatuvchi (dissektor) va yigʻib uzatuvchi xillarga boʻlinadi. Uzatuvchi Televizion trubkalar: fotoemission (ikonoskop, ortikon), ikkilamchi elektronli (superikonoskop, superortikon), fotooʻtkazuvchi Televizion trubka (vidikon) va boshqa Qabul qiluvchi Televizion trubka (kineskop) televizorda tasvirni namoyon qilish (koʻrsatish) uchun ishlatiladi.
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, televizion trubka haqida ma’lumot. televizion trubka nima? televizion trubka nimani anglatadi?