Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Georgi (Giorgi) Teymurazovich Margvelashvili (gr.Giorgi Teymurazis dze Margvelashvili) - 1969-yil, 4-sentabrda Tbilisida tugʻilgan. Gurjistonlik siyosatchi, sha

Georgi Margvelashvili

Georgi (Giorgi) Teymurazovich Margvelashvili (gr.Giorgi Teymurazis dze Margvelashvili) - 1969-yil, 4-sentabrda Tbilisida tugʻilgan. Gurjistonlik siyosatchi, sharhlovchi, 2013-yil 17-noyabrdan 2018-yil 16-dekabrgacha Gurjiston Prezidenti boʻlgan.

Georgi Teymurazovich Margvelashvili
Gruziya bayrogʻi Gruziya Prezidenti
Mansab davri
2013-yil 17-noyabr – 2018-yil 16-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Mixail Saakashvili
Vorisi Salome Zurabishvili
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 4-sentyabr 1969-yil (1969-09-04) (56 yosh)
Gurjiston SSR, Tbilisi

Biografiyasi

 
Georgi Margvelashvili (2014)
  • Giorgi Margvelashvili 1969-yilning 4-sentabrida Tbilisida, partyalik ishchilar oilasida tavallud topgan.
  • 1992-yili Tbilisi Davlat Universitetining falsafa va psixologiya fakultetini tugatdi. 1993-1994-yillarda Markaziy Yevropa Universitetida sotsiologiyani oʻrgandi. Falsafa fanlari doktori.
  • 1992-1995-yillarda turistik kompaniyaning togʻli turizm boʻlimida menejer asistenti boʻlib ishladi.
  • 1994-1995-yillarda Marketing boʻyicha «Biznes Kundaliklar» kompaniyasida departament boshligʻi lavozimida ishladi.
  • 1996-1997-yillarda «Tbilisi Mustaqil Universitetida» falsafa fani boʻyicha dars berdi.
  • 1995-2000-yillarda «Xalqaro munosabatlar milliy demokratik institutida» mutaxasis (dastur konsultanti) boʻlib ishladi.
  • 2000-2012-yillarda «Jamiyat ishlari boʻyicha Gurjiston instituti» (GIPA)da ishladi, shu jumladan 2000-2006-yillarda va 2010-2012-yillari rektor lavozimida.
  • 2010-2012-yillari GIPA Izlanishlari departamenti raisi sifatida faoliyat yuritdi.

Siyosiy karyerasi

2012-yilning oktyabrida Georgi Margvelashvili, Bidzina Ivanishvili hukumatida Gurjiston Taʼlim Vaziri lavozimini egalladi. 2013-yilning 7-fevralida U Gurjiston hukumatining vitse-premyeri etib tayinlandi. 2013-yilning 11-may kuni «Gurjiston Orzusi» koalitsiyasi Giorgi Margvelashvilini oʻz nomidan 2012-yilning 27-oktabrida boʻlib oʻtadigan Gurjiston Prezidenti saylovlariga uning nomzodini qo'ydi. 2013-yil 16-iyulda Margvelashvili saylovoldi kampaniyada aybdorlikni oldini olish uchun Taʼlim Vaziri vakolatidan isteʼfoga chiqdi. Georgi Margvelashvili falsafa, siyosat, madaniyat va xalqaro munosabatlar haqida qator maqolalar va qoʻllanmalar muallifidir. 2013-yil 27-oktabr kuni Gurjiston Prezidenti saylovlarida gʻalaba qozondi va Gurjiston Respublikasi Prezidenti deb e'lon qilindi va 17-noyabrdan Prezidentlik lavozimida rasman ish boshladi.

Shaxsiy hayoti

1993-yilda tugʻilgan Ana ismli qizi bor. Soʻngi yillarda Giorgi Margvelashvili rassom Mako Chichuo bilan yashaydi. Gruzin tilidan tashqari Rus va Ingliz tilini mukammal tarzda biladi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, georgi margvelashvili haqida ma’lumot. georgi margvelashvili nima? georgi margvelashvili nimani anglatadi?

Yuqori