Lashkargoh — lashkar oʻrnashadigan joy, harbiy lager (qarang Oʻrdu).
turkiy va moʻgʻul xalklarida hukmdor, xon qarorgohi, qalʼa. Istiloh ushbu maʼnoda ilk bor qadimiy OʻrxunEnasoy bitigi "Irq bitig"da qayd etiladi. Qoraxoniy hukmdor saroyi yoki Qoshgʻar shahri Oʻrdukand deb yuritilgan. Baʼzan L. oʻrnida uning maʼnodoshi xonto'y birikmasi ham ishlatilgan. Yirik turk va moʻgʻul davlatlari hamda koʻchmanchi qabilalari ittifoqlari — Oltin Oʻ., Noʻgʻay Oʻ.ning nomi shundan kelib chiqqan. Turli tarixiy davrlarda qalʼa (5—6-asrlargacha), diz (6—8-asrlarda), ark (9— 17-asrlar) deb ham atalgan. L., asosan, balandlikda bunyod etilgan, unga qiya uzun yoʻlak (pandus) orqali kirilgan; davlat ahamiyatidagi inshootlar, maʼmuriy binolar, hukmdor saroyi va boshqalarni oʻz ichiga olib, atrofi burjlari boʻlgan devor bilan oʻralgan. Oʻ. shaharsozlik tarixida muhim oʻrin tutgan. L.lar ayrim maʼmuriy — shaharsozlik (oʻrni, oʻlchami, koʻlami, bino, hovuz va boshqalar) jihatlari bilan farqlangan (Koʻhna Ark, Xudoyorxon oʻrdasi, Toshkent oʻrdasi va boshqalar
vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, lashkargoh haqida ma’lumot. lashkargoh nima? lashkargoh nimani anglatadi?