Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Gulbahor Sharobiddinovna Saidgʻaniyeva (1969-yil 2-iyul, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek oʻqituvchisi va siyosat arbobi, filologiya fanlari nomzodi

Gulbahor Saidgʻaniyeva

Vikipediyada ismi Gulbahor va familiyasi Saidgʻaniyeva boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Gulbahor Sharobiddinovna Saidgʻaniyeva (1969-yil 2-iyul, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek oʻqituvchisi va siyosat arbobi, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 2020-yildan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi.

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kafedra mudiri lavozimida ishlaydi.

Tarjimai holi

Gulbahor Saidgʻaniyeva 1986-yilda Farg'ona davlat universitetiga kirib, 1991-yilda Qo‘qon davlat pedagogika institutini tamomlagan. 1991-yildan 2016-yil oxirigacha maktabda o'qituvchi, QDPIda o'qituvchi, katta o'qituvchi, dotsent lavozimlarida ishlagan. 2017--2019-yillarda "Ferganskaya pravda" viloyat gazetasida bosh muharrir, farg'ona viloyati hokimligida axborot xizmati rahbari, "Farg'ona haqiqati" - "Ferganskaya pravda" gazetalari birlashgan tahririyati bosh muharriri lavozimlarida mehnat qilldi. 2020-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV- chaqiriq Qonunchilik palatasiga deputat bo'lib saylangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi aʼzosi etib tayinlangan.

2024-yilning noyabr oyidan boshlab Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida To'g'on va Qudrat Ernazarovlar nomli jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi mudiri lavozimida ishlaydi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi.

O'zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a'zosi.

Ozarbayjon Yozuvchilar birligi faxriy a'zosi.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, gulbahor saidgʻaniyeva haqida ma’lumot. gulbahor saidgʻaniyeva nima? gulbahor saidgʻaniyeva nimani anglatadi?

Yuqori