Yordam
Bepul yuklab olish va ma’lumotlar platformasi

Alibek Mamirjonovich Tursunov (1979-yil 1-avgust; Toshkent, OʻzSSR) – 2016–2018-yillarda Buvayda tumani hokimi, 2018–2021-yillarda Bagʻdod tumani hokimi lavozim

Alibek Tursunov

Alibek Mamirjonovich Tursunov (1979-yil 1-avgust; Toshkent, OʻzSSR) – 2016–2018-yillarda Buvayda tumani hokimi, 2018–2021-yillarda Bagʻdod tumani hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Alibek Tursunov
Alibek Mamirjonovich Tursunov
 Buvayda tumani hokimi
Mansab davri
2016-yil – 2018-yil 8-fevralgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Hokim Shuhrat Gʻaniyev
Vorisi Behzod Ibragimov
 Bagʻdod tumani hokimi
Mansab davri
2019-yil – 2021-yil 7-fevralgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Hokim Shuhrat Gʻaniyev
Xayrullo Bozorov
Vorisi Vosiljon Nazarov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1-avgust 1979-yil (1979-08-01) (46 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Taʼlim

1995–1999-yillar Toshkent davlat agrar universiteti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2010)

Hayoti

Alibek Mamirjonovich Tursunov 1979-yilning 1-avgustida Toshkent shahrida tavallud topgan. 1995–1999-yillarda Toshkent davlat agrar universitetida va 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida tahsil olgan.

Faoliyati

Dastlabki ish faoliyatini 1999–2001-yillarda Bagʻdod tumani shirkat xoʻjaligi agronomi sifatida; 2001–2006-yillarda Fargʻona viloyati "Gʻoʻza urugʻchiligi" birlashmasi yetakchi mutaxassisi, shu yerning bosh mutaxassisi, birlashma raisi oʻrinbosari va 2006–2011-yillarda esa birlashmasi raisi sifatida; 2011–2012-yillarda Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari kotibiyati mudiri sifatida; 2012–2013-yillarda Fargʻona viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining agrotexnologiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida; 2013-yilda Fargʻona viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi sifatida; 2013–2016-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Oʻzbekiston tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari sifatida; 2016–2018-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Buvayda tumani hokimi sifatida; 2018-yilda Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Fargʻona viloyati fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi sifatida; 2018–2019-yillarda Bagʻdod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida; 2019–2021-yillarda Fargʻona viloyati tarkibiga kiruvchi Bagʻdod tumani hokimi sifatida oʻz faoliyatini olib borgan.

2021-yildan esa Fargʻona viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi faoliyat yuritib kelmoqda.

vikipediya, wiki, ensiklopediya, kitob, maqola, o‘qish, bepul yuklab olish, alibek tursunov haqida ma’lumot. alibek tursunov nima? alibek tursunov nimani anglatadi?

Yuqori